Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat Prezidentning 17.06.2019 yildagi «Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5742-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Norma’ning yozishicha, nizom Prezidentning 17.06.2019 yildagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Davergeodezkadastrga qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan maydonlarning konturlar kesimidagi elektron xaritalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga har yili 1 sentyabrga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish natijalariga muvofiq tumanlarni va hududlarni (massivlarni) ixtisoslashtirish bo‘yicha aniq takliflarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib borish vazifasi topshirildi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish quyidagilarga asoslanadi:
- fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining ixtisoslashuvi va takliflari;
- ichki va tashqi bozor talablari;
- hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va suv bilan ta'minlanganlik darajasi;
- sug‘oriladigan va lalmi yer maydonlarining meliorativ holatini tahlil qilish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan davlat boshqaruvi organlari, xususan qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Davergeodezkadastr hamda boshqalarning qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali joylashtirish tizimini tashkil etish, ularni joylashtirish bo‘yicha ishlarning monitoringini yuritish vazifalari ham belgilangan.
Hujjat 25.08.2020 yildan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:02 / 15.07.2025
“Vahshiylik shu darajada bo‘ladimi..?” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025