Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin orada AQShda tarixdagi muhim qurol paydo bo‘ladi – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Maskni Crew Dragon fazoviy kemasining Xalqaro koinot stansiyasi tomon muvaffaqiyatli parvozi bilan tabrikladi.

Foto: EPA-EFE/ERIK S. LESSER
Crew Dragon kemasi Falcon 9 raketasida Toshkent vaqti bilan 31 mayga o‘tar kechasi Floridadagi kosmodromdan uchirildi.
Tramp va vitse-prezident Mayk Pens raketa uchirilishini bevosita voqea joyidan kuzatishdi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti va Mask Kennedi nomidagi koinot markazida nimalar haqida gaplashganlarini eshitishning iloji bo‘lmagan.
AQSh prezidenti raketa uchirilgandan keyin chiqish qilib, astronavtlar kemada o‘zlarini yaxshi his qilishayotganini aytgan.
“Men Crew Dragon kapsulasi past orbitaga yetgani va astronavtlarimiz o‘zlarini ajoyib his qilayotganlarini ma'lum qilishdan xursandman”, deb aytgan Tramp o‘z nutqida.
Shuningdek, u yaqin orada AQShda tarixdagi “muhim qurol” paydo bo‘lishini aytgan.
“Yaqinda biz Marsda qo‘namiz va bizda tarixdagi muhim qurol bo‘ladi. Men ishlanmalarni ko‘rdim, hattoki men ham bunga ishona olmayman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.
Shu bilan birga u tafsilotlarni keltirmagan.
Avvalroq Tramp AQSh dunyodagi eng tezkor “super-puper” raketani ishlab chiqayotganini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, ushbu raketa dunyodagi mavjud eng tez raketalardan 17 marta tezroq bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42 / 09.07.2025