Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar kimlar sekinroq qarishini aniqlashdi

Foto: Depositphotos
RIA Novosti qanday kishilarda keksayish jarayonlari sekin kechishiga oydinlik kiritdi.
Ko‘pincha bu holat irsiyatga bog‘liq. Biroq faqat bu omilning o‘zi sababchi deyish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bir necha tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlikni o‘z kuchingiz bilan ham uzaytirishingiz mumkin ekan.
Hamma birdek qarimaydi
2015 yilda Dyuk universiteti, Quddusdagi Yahudiy universiteti va Londondagi Qirollik kolleji olimlaridan iborat xalqaro guruh Yangi Zelandiyadagi Danidin shahrining mingga yaqin aholisi ma'lumotlarini tahlil qilgan. O‘sha vaqtda tadqiqot ishtirokchilari 26 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lganlardan iborat edi. Ular 12 yil davomida sinchkovlik bilan kuzatilgan.
Aniqlanishicha, ayrimlar qolganlarga qaraganda uch marta tezroq qarishgan. O‘n ikki oy davomida uch yoshga ulg‘ayishgan. Qolganlar esa aksincha bir yilda 16 yarim oyni «yashashgan». Tadqiqot ishtirokchilari 38 yoshga to‘lganida ularning biologik yoshi 28 yoshdan 61 yoshgacha bo‘lgan turli ko‘rsatkichlarni namoyish etgan.
Mazkur tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, qarish sur'ati bor-yo‘g‘i 20 foizgagina irsiyatga bog‘liq bo‘lgan. Sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam tibbiy ko‘rik va chekishdan voz kechish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, ruhiy yoshi haqiqiy yoshidan katta bo‘lganlar tezroq qarishgan.
Harakat-hayot
Kaliforniya universiteti biologlarining xulosalari hamkasblari fikrini qisman tasdiqlagan. Ular 64 yoshdan katta bir yarim ming ayolning turmush tarzini kuzatib, kam harakatlilar tezroq qarishini aniqlashgan. Kuniga o‘n soatdan ortiq vaqt davomida o‘tirish holatida bo‘lganlarning biologik yoshi faol tengdoshlariga qaraganda sakkiz yoshga kattaligi aniqlangan.
Yoshlikni uzaytirishning yana bir ishonchli usuli – kamroq shirinlik iste'mol qilish deb hisoblashmoqda ingliz va nemis irsiyatshunoslari. Shakar o‘rniga olimlar urolitinga boy mahsulotlarni tavsiya qilishmoqda. Bu birikma grek yong‘og‘i, anor va qulupnay tarkibida mavjud. Hayot davomiyligini chili garmdorisi, uning tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi anchaga uzaytiradi. U semizlikka to‘sqinlik qiladi, yurak qon-tomir va o‘pka kasalliklari xavfini kamaytiradi. Amerikalik olimlar esa odam qancha kam asabiylashsa, shuncha sekin qariydi degan fikrni ilgari surishgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
-
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi va 4 ta javobsiz gol urdi
Sport | 08:07
-
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi
Jahon | 08:05
-
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Jamiyat | 08:02
Mavzuga oid

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

21:49 / 03.06.2025