Ozishga yordam beradigan ichimliklar haqida bilasizmi?
Detoks-oziqlanish va detoks-ichimliklar tez orada ozishga yordam beradigan parhezlar o‘rnini egallaydi degan tasavvur uyg‘onadi. Bunday ichimliklar ovqat hazm qilish va organizmning boshqa tizimlariga dam beradi – ana shunda kompleks sog‘lomlashish yuz beradi. Ortiqcha suyuqlik chiqib ketgani uchun to‘qimalardagi shishlar kamayadi, teri, tirnoq va sochning holati yaxshilanadi, vazn kamayadi.
Sizga darhol detoks-kokteyl zarurligini ko‘rsatuvchi belgilar
- Doimiy ich qotishlar, meteorizm, ko‘ngil aynishi.
- Kuchli charchoq. Uyqudan keyin ham o‘tib ketmaydigan charchoq.
- Bosh og‘rig‘i.
- Kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi.
- Terining tez-tez yallig‘lanishi.
- Zararli yoki restorandagi tezpishar ovqatlarni yoqtirish.
- Uyquning yomonlashuvi.
- Qorinning dam bo‘lishi.
- Ortiqcha vazn.
- Bel ayollarda 80 sm, erkaklarda 90 sm dan ortiq bo‘lishi.
Foydali ichimliklar uchun eng yaxshi ta'sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar

Olma
- Pektinga boy.
- Ovqat hazm qilishni normallashtiradi.
- Moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Tarvuz
- Kuchli «namlantiruvchi», suv muvozanatini to‘ldiradi.
- Yallig‘lanishning oldini oladi.
- Tomirlar sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
- Peshob haydash xususiyatiga ega.

Kivi
- A va Ye vitaminlari manbai.
- Organizmni erkin radikallardan himoya qiladi.
- Yuz terisining yosharishiga hissa qo‘shadi.
Bodring
- «Yoshartiruvchi» sabzavot.
- Jigarni samarali tozalaydi.
- Ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi.
- Shishlarni oladi.
- Yuz rangini yaxshilaydi – musaffolik beradi.

Tsitruslar
- S vitamini manbai.
- Tabiiy quvvat beruvchi.
- Vaznni kamaytirishda samarali ishlaydi.
- Organizmning virus va infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.
Greypfrut
- Likopin manbai. Ushbu antioksidant modda o‘smalar rivojlanishidan himoya qiladi.
- Tarkibidagi pektin xolesterin darajasini kamaytirishda yordam beradi.

Yalpiz
- Yangi uzilgan va quritilgan holda qo‘llash mumkin.
- Qorin shishini oladi.
- Ruhiyatni tinchlantiradi.
- Uyquni tartibga soladi.

Zanjabil
- Xush qomat va immunitet do‘sti.
- Moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
- Infeksiyalarga qarshi kurashadi.
Dolchin
- Ziravor shirinlik yeyish istagini yengishda yordam beradi.
- Xush iforga ega ziravor yog‘lar to‘planishini sekinlashtirib, to‘plangan zaxirani eritadi.
- Qon bosimini pasaytiradi.
Ko‘k choy
- Xush qomat ichimligi.
- Zararli narsa yeyish istagini kamaytiradi.
- Qondagi qand miqdorini kamaytiradi.
- Moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
Ko‘pincha detoks-ichimliklar retseptida kashnich, ismaloq, kayyen garmdorisi, olmali sirkadan foydalaniladi. Har qanday meva detoks-suvni tayyorlash uchun a'lo darajada mos keladi.
Yodingizda bo‘lsin – umuman shakar qo‘shilmaydi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

17:46 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida

07:55 / 12.07.2024
“Tarkibida zaharli yoki zararli moddalar aniqlanmadi” – Sanepidqo‘mita kannabis ta’mli ichimlik sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

16:59 / 17.08.2022
Maktablar atrofida gazlangan ichimliklar va tez tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanishi mumkin

20:15 / 19.04.2022