BAAda neft tankerlaridagi portlashlar qo‘poruvchilik deb tan olindi

Foto: REUTERS/Matthias Seifert
BAA tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, davlatning iqtisodiy hududidagi bir nechta neft tankeridagi portlash oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q, “yonilg‘i yoki biror-bir zararli substansiyalar sizib chiqishi qayd qilinmagan”.
“Turli davlatlarga tegishli 4 ta savdo kemasi BAA suv hududida, Fujayra amirligi yaqinida vandallik harakatlariga uchradi”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, voqea sodir etilgan Fujayra amirligi porti odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatmoqda.
BAAning VAM axborot agentligining xabar berishicha, hukumat voqea yuzasidan barcha zaruriy choralarni ko‘rgan va ayni vaqtda mahalliy va xorijiy tuzilmalar bilan hamkorlikda voqea tergovini olib bormoqda.
BAA tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni “kemalar ekipajlari a'zolari hayotini xavf ostiga qo‘yuvchi bunday qo‘poruvchilik harakatlari orqali dengiz qatnovi xavfsizligiga putur yetkazishga urinishlarning oldini olish bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga olishga” chaqirgan.
Livanning Al Mayadin telekanali 12 may kuni ertalab Fujayra portida bir nechta portlash sodir bo‘lgani, 7 tadan 10 tagacha kema alanga ichida qolganini ma'lum qilgan. Keyinroq BAA bu ma'lumotni rad etgan.
Shu kuniyoq Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusi brigada generali Vashington Tehronga qarshi kuch ishlatgudek bo‘lsa, AQShning “boshiga zarba berish” bilan tahdid qilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
-
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 22:51 / 27.05.2025
Mavzuga oid

22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

03:00 / 08.05.2025