O‘zbekiston | 13:05 / 05.02.2019
5346
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «O‘zbekiston -2035» Ⅱ xalqaro forumi ish boshladi

Toshkentda «O‘zbekiston-2035» Ikkinchi xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Anjuman «Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan. 

Forumda «Buyuk Kelajak» Ekspertlar kengashi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli Strategiya konsepsiyasi loyihasining bandlari to‘g‘risida hisobotlar taqdim etiladi. Loyiha borasida ekspertlar, deputatlar korpusi, davlat organlari, ilmiy va ta'lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokamalar olib boriladi. 

Forumning ilk kunida Bosh plenar sessiyadan so‘ng, ishtirokchilar 8 ishchi guruhga bo‘lingan holda Strategiyaning asosiy bandlarini muhokama qilishadi. Loyiha shu maqsadda 8 mavzuga ajratilgan. Bular quyidagilar. 

• «Davlat boshqaruvini rivojlantirish»,
• «Qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati»,
• «Moliyaviy tizim»,
• «Sanoat»,
• «Transport, qurilish va infratuzilma, turizm»,
• «Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy siyosat»,
• «Inson kapitali va madaniyat»,
• «Ekologiya, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar».

Bosh plenar sessiyada so‘zga chiqqan spikerlar O‘zbekiston rivojlanish strategiyasining konsepsiyasi, O‘zbekiston rivojlanish ssenariylari, O‘zbekiston rivojlanishiga tasir qiluvchi global tendensiyalar, O‘zbekiston asosiy rivojlanish muammolari, jumladan Strategiyani amalga oshirishning asosiy bosqichlari (2019-2035 yy.) va Strategiyani 2019-2020 yillarda amalga oshirish bo‘yicha zarur qadamlarni muhokama qilishdi. 

Forum 5-6 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid