AES qurish uchun salohiyatli maydonlar e'lon qilindi, tadqiqot jarayonlari birinchi bosqichi yakunlanmoqda
Bugunga kelib O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi uchun salohiyatli maydosh tanlashga doir muhandislik tadqiqotlarining birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetmoqda. Kun.uz muxbiri 4 fevral kuni Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA), “Rosatom” korporatsiyasi va “O‘zatom” agentligi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning bir necha hududida atom AES qurilishi uchun salohiyatli maydonlarni aniqlashga doir muhandislik tadqiqotlari olib borilmoqda.
Ayni damda ikki hudud raqobatbardosh hudud sifatida ko‘rilmoqda:
- Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi Tuzkon ko‘li atrofidagi hududlar (uch hudud);
- Buxoro va Navoiy viloyatlari kesishmasida joylashgan To‘dako‘l suv havzasi atrofidagi hududlar (ikki hudud).
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi Tuzkon ko‘li atrofining o‘zida uch raqobatbardosh hudud tadqiq qilinmoqda. Ulardan ikkitasi qirg‘oq zonasidan taxminan 4-5 km masofada, uchinchisi esa 15 km masofada joylashgan.
“XAEA normalari va tavsiyalari hamda yadroviy texnologiyalarni taqdim etuvchi mamlakatning normativ bazasiga muvofiq, AES qurilishi uchun asosiy taqiqlovchi omillar - katta yoriqlar mavjudligi, yuqori seysmik faollik (ya'ni 9 balldan oshishi mumkin bo‘lgan xavf hududi), atrof-muhit bilan bog‘liq omillar hamda AES qurilish jarayonini murakkablashtirishga olib keluvchi o‘ndan ortiq omil. Bu omillarga ko‘ra, barcha raqobatbardosh maydonlar AES qurilishi imkoni sifatida ko‘rib chiqilmoqda”, - deydi “O‘zatom” agentligi rahbari o‘rinbosari Bahrom Mansurov.
2019 yilning birinchi choragi oxirida muhandislik tadqiqotlarining birinchi bosqichi tugallanadi. Keyingi bosqich yana bir yil davom etadi.
“AES qurilishi uchun maydon tanlash uzoq davom etuvchi ko‘p bosqichli ishdir. Tadqiqotlar quyidagicha ajratildi: muhandislik-geofizik, muhandislik-geologik, muhandislik-gidrometeorologik va muhandislik-ekologik tadqiqotlari. Shuningdek AES joylashuvi uchun texnogen sharoitlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda”, - deydi Mansurov.
Seminarda ma'lum qilinishicha, To‘dako‘l atrofida olib borilgan muhandislik tadqiqotlari davomida qator muammolar aniqlangan.
“Birinchi va ikkinchi raqamli salohiyatli maydonlarda - seysmik faollik, tuproq tarkibida gips ko‘pligi va boshqalar aniqlandi. Shuning uchun bosh pudratchi asosiy e'tiborni uchinchi va to‘rtinchi salohiyatli maydonlarga qaratdi”, - deydi “O‘zatom” bosh direktor o‘rinbosari.
Bundan tashqari, Bahrom Mansurovning ta'kidlashicha, tashqi infratuzilma, kommunikatsiyalar obektlarini qurishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha ishlar boshlangan.
“Baholash jarayonida biz optimal darajada xavfsiz hududni tanlashimiz, jarayonga texnik jihatdan to‘g‘ri yondashishimiz kerak bo‘ladi”, - deya izoh beradi u.
Mansurovning so‘zlariga ko‘ra, har qanday qarorni qabul qilishda jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. U yoki bu obektning atrof-muhitga ta'sirini baholash dasturining o‘ziyoq jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilishi, jamoatchilik fikrini e'tiborga olishni ko‘zda tutadi.
Bundan avval Kun.uz’da Navoiy va Buxoro o‘rtasidagi To‘dako‘l hamda Jizzax viloyatidagi hududlar salohiyatli maydonlar sifatida ko‘rilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Lola Raxmanbayeva
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

19:45 / 20.06.2025
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi

16:25 / 14.06.2025
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

16:13 / 13.06.2025
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

11:35 / 12.06.2025