Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi
Qozog‘iston hukumati to‘rtta da’vogar orasidan Rossiya kompaniyasining arizasini eng maqbul deb topdi. Xitoyning CNNC korporatsiyasi bergan ariza ikkinchi eng yaxshi taklif deb topilib, u bilan Qozog‘istonda yana bir boshqa AES qurish bo‘yicha muzokara o‘tkazishga qaror qilindi.

Foto: gov.kz
Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi «eng maqbul va foydali» taklifi tufayli Qozog‘istonda birinchi atom elektr stansiyasini quradigan konsorsium yetakchisi sifatida tanlandi. Bu haqda respublika Atom energiyasi agentligi xabar berdi.
Ehtimoliy pudratchilar ro‘yxatiga «Rosatom»dan tashqari «China National Nuclear Corporation» (Xitoy), «Électricité de France» (Fransiya) va «Korea Hydro & Nuclear Power» (Janubiy Koreya) ham kirgan edi. Ularning takliflari yadro sanoatini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, Rossiya kompaniyasining arizasini eng maqbul deb topdi.
Komissiya «Rosatom» tomonidan taklif qilingan ehtimoliy xarajatlar va qurilish muddati haqida hech qanday ma’lumot bermadi.
Atom energiyasi agentligi raisi Almasadam Satkaliyevning aytishicha, Qozog‘iston Xitoy bilan alohida – ikkinchi AESni qurish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi. Bu borada Xitoy tomoni bilan alohida muzokaralar o‘tkaziladi.
2024 yil 6 oktyabrda Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish imkoniyati bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgandi, unda saylovchilarning 71,12 foizi bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. AES Olmaota viloyatining Ulken qishlog‘idagi Balxash ko‘li bo‘yida qurilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, «Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta quvvatli AES qurishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11 / 09.07.2025
Mavzuga oid

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi

09:05 / 08.07.2025
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi

23:07 / 05.07.2025