Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi
O‘zbekistonda kichik AES qurish loyihasi o‘zgartirilgani, endi unga katta AES ham kiritilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Sputnik / R. Mangasaryan
Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi o‘zgartirildi, hozir muzokaralar kichik va katta AES qurish haqida ketmoqda, deb xabar berdi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Tadbirda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirok etdi.
«O‘tgan yili kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi boshlangan bo‘lsa, joriy yilda mamlakatlar rahbarlari loyihani qayta formatlash va ikki blokli katta quvvatli va ikki blokli kichik quvvatli stansiya qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi», deyiladi boshqarma xabarida.
Aprel oyi oxirida «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachev jurnalistlarga davlat korporatsiyasi bir yildan keyin yoki undan oldinroq kichik AES poydevorini quyishni boshlashi kutilayotganini aytgan edi. Mamlakatda yirik AES qurish salohiyati haqidagi savolga javob berar ekan, Lixachev mamlakat rahbariyati uni qurish to‘g‘risida qaror qabul qilgunga qadar «Rosatom»da «nafaqat bo‘lajak obektlarning ko‘rinishi bo‘yicha, balki moliyaviy sxema va maksimal mahalliylashtirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar bo‘yicha ham takliflar tayyor bo‘lishini» aytdi.
O‘zbekistonda kichik AES qurish loyihasi «Rosatom»ning xorijdagi birinchi shunday eksport loyihasidir, deb ta’kidlamoqda «Interfaks». Tomonlar bu haqda o‘tgan yil bahorida kelishib oldi va kuzda loyiha ishlari bilan hujjatlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan ishlarning boshlanishi to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
Loyiha har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor qurishni nazarda tutgan. Qurilish ishlari shu yilning yozida boshlanishi kerak va AES bosqichma-bosqich 2029-2033 yillarda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Loyihani O‘zbekiston tomoni moliyalashtirishi taxmin qilingan, Rossiya krediti masalasi muhokama qilinmadi, dedi avvalroq Lixachev.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

16:42 / 11.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

14:49 / 11.07.2025