Alisher Usmonov O‘zbekistonga 8 mln dollarlik nodir kitoblar kolleksiyasini sovg‘a qildi

Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg via Getty Images
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning ma'lum qilishicha, markazning ma'muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarga homiylik qilayotgan vatandoshimiz, ayni paytda Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilib kelayotgan tadbirkor Alisher Usmonov Islom sivilizatsiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng bo‘lgan 4 923 nomdagi nodir kitoblar kolleksiyasini tuhfa qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
– Ushbu bebaho kolleksiyadan sharqshunoslik va islom olamining Yevropaga ta'siriga doir XIII asrdan boshlab to hozirga qadar chop etilgan lotin, ingliz, fransuz, nemis tilidagi noyob kitoblar jamlangan, – deydi Sh.Minovarov. – Mavjud 4 923 kitobning ingliz tilidagi katalogi ayni paytda o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Nodir kitoblar orasida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobining ilk lotincha tarjimasi ham bor. Shuningdek, o‘ta noyob sanalgan “Musulmon manbaalarini tarjima qilish uchun lotincha-arabcha lug‘at” nomli qo‘llanma ham mavjud.
Beruniy, Farg‘oniy singari ulug‘ ajdodlarimizning ayrim asarlari yo‘qolib ketgan, bizgacha yetib kelmagan. Ammo bu asarlarning lotin tilidagi tarjimalari saqlanib qolgan. 1200-1300 yillarga taalluqli o‘sha lotincha-arabcha lug‘atlar yordamida ajdodlarimizning lotin tilidagi ilmiy merosini asliyatda qanday bo‘lganini bemalol o‘rganishimiz mumkin.
Ushbu noyob kolleksiya madaniyat va san'at homiysi hisoblangan vatandoshimizning xalqimizga bebaho tuhfasidir, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoga zulm qilishda bardavom Isroil, Sudjani tark etgan ukrainlar va Trampdan Rossiyaga sanksiya va’dasi - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
London rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasini chiqarib yuboryapti
Jahon | 13:26
-
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:20
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
Mavzuga oid

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025
Alisher Usmonov Germaniyaning Tagesspiegel gazetasiga qarshi sudda g‘alaba qozondi

10:29 / 06.02.2025