O‘zbekiston | 00:58
2252
2 daqiqa o‘qiladi

«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi

«Tashabbusli budjet»ning 2025 yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayonlari 20 mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Foto: Kun.uz

Iqtisodiy va moliya vazirligi «Tashabbusli budjet»ning 2025 yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Ovoz berish jarayonlari 20 mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

  • «Ochiq budjet» portalining veb-sahifasi;
  • portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
  • Telegramʼ dagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.

«Tashabbusli budjet»ning 2025 yilgi 1-mavsumi uchun loyihalar 1-20 fevral kunlari davomida kiritildi. Saralashdan o‘tgan loyihalarga 11-20 mart kunlari ovoz yig‘iladi. G‘oliblar 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Avvalroq Senat Kengashining qarori bilan, «Tashabbusli budjet» jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandi. Qarorga ko‘ra, har yili tuman va shahar budjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilangan. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Mavzuga oid