Jahon | 15:00 / 23.09.2018
19253
2 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy harbiy paraddagi teraktda Amerikaning qo‘li borligini aytmoqda

Foto: Reuters

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronda beqaror vaziyat yaratishdan manfaatdor ekanligini aytib o‘tgan. Reuters’ning xabariga ko‘ra, prezident bu gapni BMT Bosh assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka parvoz qilish uchun shaylana turib aytgan.

Ruhoniyning fikricha, AQSh tomonidan dastaklanayotgan Fors ko‘rfazi davlatlari Erondagi hukumatga qarshi etnik ozchiliklarga moliyaviy va harbiy ko‘mak ko‘rsatib kelishmoqda.

«Mintaqadagi ushbu qo‘g‘irchoq davlatlar Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va Qo‘shma shtatlar turli fitnalarni hosil qilish uchun ularga kerakli mablag‘larni ajratadi», — deya Eron yetakchisining so‘zlarini keltirmoqda agentlik .

Ruhoniy Eron sodir bo‘lgan vaziyatga qonunchilik doirasida javob berishini ham ta'kidlab o‘tgan.

Ilgariroq AQSh Ahvozda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng Eronni qo‘llashini izhor etgan edi.

22 sentabr shanba kuni ertalab Eronning janubiy-g‘arbiy qismidagi Ahvoz shahrida harbiy paradda qatnashayotganlarga terrorchilik hujumi uyushtirildi. Hujum natijasida 29 kishi halok bo‘lgan, 50dan ziyod kishi jabrlangan.

Terakt uchun mas'uliyatni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan, biroq Tehrondagilar IShIDning bunga aloqasi yo‘qligini ta'kidlashmoqda. Eron hukumati ma'lum qilishicha, «Ahvozdagi arab vatanparvarlari demokratik harakati» guruhi a'zolari ushbu teraktni sodir etgan.

Mavzuga oid