O‘zbekiston Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik sessiyasida ishtirok etmoqda

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston delegatsiyasi Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik Bosh konferensiyasining 62-sessiyasida ishtirok etmoqda. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilingan.
Sessiyada atom energetikasini rivojlantirish ko‘mak ko‘rsatish va O‘zbekiston Respublikasida ushbu sohada tartibga solish infratuzilmasi bo‘yicha masalalar muhokama qilinadi.
Ma'lum bo‘lishicha, sessiya Avstriya poytaxti Vena shahrida 2018 yilning 16-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tyapti.
Vena shahriga jo‘nab ketgan delegatsiyaga Fanlar akademiyasi prezidenti Bekzod Yo‘ldoshev rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, delegatsiya tarkibidan «Sanoatgeokontexnazorat» boshlig‘i B.G‘ulomov, «O‘zatom» bosh direktori J.Mirzamahmudov, «O‘zatom» boshqarmasi boshlig‘i Sh.Abdukomilov, Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchi Sh.Asadov joy olgan.
Mavzuga oid

17:20 / 05.03.2025
Rossiyaning «Atom» elektromobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

15:19 / 11.02.2025
“O‘zatom” rahbari: O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025