Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
Yer ostidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvuridan gaz chiqib, yong‘in sodir bo‘lgan. Quvur orqali gaz uzatish to‘xtatilishi hisobiga yong‘in o‘chirilgan. Mahalliy manbalar metan-shoxobchalar yopilganini yozmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr
10 fevral kuni “Buxoro–Ural” magistral gaz quvurining Buxoro viloyatidan o‘tgan qismida avariya ro‘y berib, yong‘in chiqdi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, avariya Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasining diametri 1020 mm bo‘lgan 26 kg bosim ostidagi quvurning yer ostidan o‘tgan 106-kilometrida, soat 11:26 da ro‘y bergan.
Soat 11:30 da murvatlar yopilib, qoldiq gazlar chiqib ketgan.
Yong‘in natijasida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. FVBga ko‘ra, avariya ro‘y bergan joyga eng yaqin aholi maskani Romitan tumani Qizilrabot MFY bo‘lib, u 40 km uzoqlikda joylashgan.
Buxoro viloyatiga oid Telegram-kanallarda viloyatdagi metan-shoxobchalar yopilgani haqida yozilmoqda.
Holat bartaraf etilmaguncha, metan-shoxobchalarga vaqtincha cheklovlar kiritilishi Energetika vazirligi xabarida ham aytilgandi, ammo vazirlik axborotining ushbu qismi ko‘p o‘tmay o‘chirib yuborildi.
Birozdan so‘ng, vazirlik aniqlashtiruvchi xabar e’lon qilib, barcha hududlardagi metan-shoxobchalar “hozirgi rejimda ishlashda davom etishi”ni ma’lum qildi.
“Qo‘shimcha o‘rganishlardan so‘ng, respublikamizning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelishilgan tartibda, hozirgi rejimda ishlashda davom etishi belgilandi. Ya’ni ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yiladi.
Bu masalada biron-bir o‘zgarish bo‘lsa, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi Energetika vazirligi axborotida.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
-
Hayot Bank Toshkentda yangi bank xizmatlari markazini ochdi
O‘zbekiston | 14:59
Mavzuga oid

14:32 / 14.02.2025
Metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirildi

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

20:09 / 03.02.2025