“O‘zatom” rahbari: O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi
O‘zbekistonda atom energetikasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, jumladan, Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni atom energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, kelgusi besh yilda yana 25 gigavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalari barpo etiladi. Bularning hisobiga yiliga 64 milliard kilovatt soat “yashil” energiya olinadi. Umuman, 2030 yilga borib, jami generatsiyada “yashil energiya” ulushini 50 foizdan oshirish maqsad qilingan.
Yig‘ilishda ishtirok etgan “O‘zatom” direktori Azim Ahmadxo‘jayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi. U keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2040 yilga borib jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishida atom energetikasining ulushi hozirgi 9 foizdan 25 foizgacha yetishi mumkin.
“O‘zatom” rahbari o‘tgan yili O‘zbekiston “Rosatom” bilan Jizzaxda 330 MVt quvvatga ega kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma tuzilganini ham eslab o‘tdi.
“Prezidentimiz ushbu loyiha turli xalqaro tuzilmalar ishtirokida xalqaro xarakterga ega bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladi”, — dedi u.
Ta’kidlanishicha, qurilishda Rossiya texnologiyalaridan tashqari Xitoyning noyadro texnologiyalari, Yevropaning turli dasturiy ta’minot va apparat vositalarini ham qo‘llash rejalashtirilgan.
“Shu yo‘l bilan biz eng zamonaviy texnologiyalar yordamida ushbu loyihani amalga oshirish uchun xalqaro konsorsium tashkil qilamiz”, — dedi Ahmadxo‘jayev.
Loyihada suv sarfini kamaytirish maqsadida Vengriya yoki Xitoy ishlab chiqaruvchilarining quruq sovitkichlari ham ishlatilishi mumkin.
Shuningdek, “O‘zatom” agentligi MAGATE bilan malakali kadrlar tayyorlash va mamlakatda atom energetikasi loyihalarini amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida hamkorlik dasturini ishlab chiqqan.
Ahmadxo‘jayev davlat rahbari tomonidan shu kabi loyihalarni amalga oshirishning boshqa shakllarini ham ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berilganini ta’kidlab o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

16:25 / 14.06.2025
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

16:13 / 13.06.2025
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

11:35 / 12.06.2025
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi

22:10 / 01.06.2025