Rossiyaning «Atom» elektromobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin
«Kama» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiyani O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Kama
«Atom» elektromobilini ishlab chiqayotgan Rossiyaning «Kama» kompaniyasi uni ishlab chiqarish va kompaniya texnologiyalarini eksport qilish masalasida O‘zbekiston, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda kompaniyaning davlat idoralari va korporativ hamkorlari bilan munosabatlari bo‘yicha direktori Anatoliy Kiyashko ma’lum qildi.
«Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvda «Atom» ishlab chiqarish yoki «Kama» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiyani O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish mumkinligini aytgan edi. Biz shunday muzokaralar olib bormoqdamiz. <...> Texnologiyalar - elektromobillarning platforma qismi ham, dasturiy ta’minot texnologiyalari ham juda raqobatbardosh, shuning uchun ularni eksport qilish mumkin», dedi Kiyashko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar bilan ham shunday muzokaralar olib borilmoqda. «Birinchi navbatda bu Xitoy», deb qo‘shimcha qildi agentlik manbasi.
«Atom» elektromobili ilk bor 2023 yil may oyida taqdim etilgan. Uni seriyali ishlab chiqarish va sotish 2025 yil ikkinchi yarmida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 500 km gacha yura oladigan elektromobil 8 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi.
Mavzuga oid

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

18:59 / 06.03.2025