Jahon | 08:39 / 11.05.2018
7401
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obamadan farqli o‘laroq asirlar uchun bir tiyin ham to‘lamaganini aytdi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Shimoliy Koreya asirda ushlab turgan 3 nafar amerikalikning ozod qilinishi uchun pul to‘lamaganini ma'lum qildi. 

“Fikrimcha, Kim Chen In bu ishi bilan o‘ziga va o‘z davlatiga yaxshi xizmat ko‘rsatdi. Bu asirlar mag‘rur chiqishdi, biz ular uchun pul to‘lamadik. Biz tinchlik, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy uchun buyuk bitimga erishamiz. U qilgan ish – to‘g‘ri ishdir”, deb aytgan Tramp Indianadagi tarafdorlari oldidagi chiqishida.

Shu bilan birga Tramp o‘z nutqida AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani o‘z vaqtida Eronga amerikalik asirlarni ozod qilish uchun 1,8 mlrd dollar to‘laganini tanqid qildi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Koreyaga ikkinchi tashrifi vaqtida u yerda 2 yilcha hibsda ushlab turilgan 3 amerikalik fuqaroni o‘zi bilan AQShga olib kelishga muvaffaq bo‘ldi. 

Mavzuga oid