Yoshlar Ittifoqi uylarini berish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: KUN.UZ
Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi faol va iqtidorli yoshlarga uy ajratish tartib-nizomi qaytadan ko‘rib chiqilishini ma'lum qildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
14 sentabr kuni Toshkentning Yoshlar ijod saroyida Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar Ittifoqining yetakchilari, vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot vaqtida Qahramon Quronboyev yetakchi yoshlar bilan suhbat qurib, ular tomonidan yo‘llangan savol hamda takliflarga o‘z munosabatini bildirdi.
Murojaatlar orasida "Kamolot" uylari hamda Yoshlar Ittifoqining yangi uylarini ajratish tartibiga oid savollar ham yo‘llandi.
Yoshlar Ittifoqi raisining ma'lum qilishicha, 2018-2021 yillarda Yoshlar Ittifoqining 258 ta uylarini qurish rejaga kiritilgan. Toshkent shahrining har bir tumanida yetti qavatli turar-joy inshootlari barpo etiladi.
"Hozirda "Kamolot" uylariga 2500 mingdan ortiq inson navbatda turibdi. Albatta, uylarni ajratish loyihasi yakuniga yetkaziladi va kim ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa, turar-joyga ega bo‘ladi. Yoshlar Ittifoqining uylari esa avvalgidek faqatgina qaysidir yutug‘i va muvaffaqiyati uchun emas, balki chindan ham YoI hayotida faol ishtirok etayotgan a'zolarga ajratiladi. Shunday odamlar borki, "Kamolot" uyini olgan, biroq "Kamolot" o‘zi nimaligini bilmaydi. Shu sababli ham yoshlarga uy berishning tartib-nizomini qaytadan ko‘rib chiqamiz" - deya qayd etdi Qahramon Quronboyev.
Shuningdek, Yoshlar Ittifoqi raisi birgina turar-joylar emas, balki yosh tadbirkorlarga kredit ajratish tartibini ham qaytadan ko‘rib chiqish vaqti kelganini alohida qayd etdi.
Shu yilning o‘zida Yoshlar Ittifoqi va Milliy bank tomonidan yosh tadbirkorlarga foizsiz 15 milliard so‘m kredit berilishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoga zulm qilishda bardavom Isroil, Sudjani tark etgan ukrainlar va Trampdan Rossiyaga sanksiya va’dasi - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
London rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasini chiqarib yuboryapti
Jahon | 13:26
-
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:20
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
Mavzuga oid

12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi

16:32 / 14.02.2024
Mahallalarda madhiya aytish topshirig‘ini Qahramon Quronboyev bergani ma’lum bo‘ldi

11:53 / 17.01.2024
Qahramon Quronboyev prezident administratsiyasidan ketdi

23:38 / 19.10.2023