Jahon | 16:42 / 01.03.2017
19377
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Donald Tramp limuzinda o‘z nutqini yod olmoqda

NBC telekanali Bred Jaffi limuzinda nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp tasvirga tushirilgan videoni taqdim etdi. 

Ushbu tayyorgarlik jarayoni Amerika yetakchisining Kongressdagi ilk chiqishidan avval bo‘lib o‘tilgani qayd etilgan. Rolikda Trampning qo‘lida qog‘oz bilan ovoz chiqarib nutq so‘zlagani namoyish etilgan. 

Twitter'ning ba'zi foydalanuvchilari uning nutqini lablar harakatidan o‘qishga urinib ko‘rishdi. 

"Buyuklik, bla-bla-bla, oliy liga, bla-bla-bla, g‘alaba".

 

"Hech narsa abadiy bo‘lmaydi, ikkimiz ham tuyg‘ular o‘zgarishi mumkinligini yaxshi bilamiz" ("Noyabr yomg‘iri").

 

"Bu bizning tushunchamizda oxir zamon" qo‘shig‘ining so‘zlarini yod olishga harakat qilayotganingda".

 

"Qizil teri, sariq teri, qizil teri, sariq teri".

 

"Men juda yaxshiman, juda aqlliman va jin ursin, odamlar meni sevishadi". 

Mavzuga oid