Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
Amerikaning Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish masalasi NATOning iyun oyida Haagada bo‘lib o‘tadigan sammitidan keyin muhokama qilinadi, dedi AQShning alyansdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker.

Foto: AP
16 may, juma kuni AQShning ittifoqdagi doimiy vakili Mettyu Uitakerning aytishicha, AQSh NATOning Haagadagi iyundagi sammitidan so‘ng yevropalik ittifoqchilar bilan Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish masalasi bo‘yicha muzokaralar boshlaydi. "Hamma narsa tartibga solinadi, biz bu masalada boshqa kechikishlarga toqat qilmaymiz. Biz faqat amaliy oqibatlarni muhokama qilishimiz kerak", dedi u Estondagi xavfsizlik konferensiyasida.
Uitakerning aytishicha, Vashington xavfsizlik bo‘yicha bo‘shliqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ittifoqchilar bilan qo‘shinlar darajasidagi har qanday o‘zgarishlarni muhokama qiladi. Shu bilan birga, AQSh NATOni tark etish niyatida emas va yevropalik hamkorlar «30 yildan ortiq vaqt davomida Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirishni istagan» Amerikaning rejalari bilan yaxshi tanish», — deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.
Fevral oyida AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens NATO davlatlari harbiy xarajatlarni oshirishi kerakligini aytdi. Prezident Donald Tramp, agar yevropaliklar mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirmasa, AQShning alyansning kollektiv mudofaa tizimidagi ishtirokini to‘xtatish bilan tahdid qildi.
Mart oyi o‘rtalarida Pentagon rahbari Pit Xegset tomonidan imzolangan hujjat AQSh Mudofaa vazirligida tarqaldi, unda Xitoy «vazirlik diqqat markazida bo‘lgan yagona tahdid», Tayvanga bostirib kirish ehtimoli boshqa potensial xavflardan ustun bo‘lishi kerak bo‘lgan ssenariy sifatida tavsiflanadi, deb yozadi The Washington Post. Xegsetning topshirig‘ida, shuningdek, Vashingtonning NATO ittifoqdoshlari Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron tahdidlariga qarshi turishda yetakchi rol o‘ynashga chaqiriladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
Mavzuga oid

23:01 / 22.07.2025
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi

19:00 / 22.07.2025
AQSh yana YuNeSKO tarkibidan chiqadi

18:57 / 22.07.2025
AQShda Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishiga oid tergov hujjatlari oshkor etildi

08:18 / 22.07.2025