Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sobiq davlat kotibi Rays Trampning Rossiyaga ultimatumini qo‘llab-quvvatladi
AQSh sobiq davlat kotibi Kondoliza Raysning fikricha, Donald Trampning Ukrainadagi jangovar harakatlarni tugatish haqidagi ultimatumi urushdagi «burilish nuqtasi»dir.

Kondoliza Rays Foto: Zuma / TASS
AQSh sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays Kolorado shtati Aspen shahrida bo‘lib o‘tgan xavfsizlik forumida AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha Rossiyaga qo‘ygan ultimatumi urushdagi «burilish nuqtasi» ekanligini aytdi.
«O‘ylaymanki, Ukraina xalqiga yetkaza oladigan eng yaxshi yangilik shuki, AQSh va Yevropa nihoyat Vladimir Putinni so‘z bilan to‘xtatib bo‘lmaydi degan konsensusga keldi. Agar uning o‘zi boshqa boradigan joyi yo‘qligini, endi g‘alaba qozona olmasligini tushunsagina uni to‘xtatish mumkin», dedi u forumdagi muhokamalaridan birida.
14 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyadan Ukrainada 50 kun ichida tinchlik bitimi tuzishni talab qildi. Aks holda, u 100 foiz darajasida Rossiyaning savdo hamkorlariga qarshi ikkilamchi tariflar bilan tahdid qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda, jumladan, u bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida hamon «doimiy muzokaralar» davom etmoqda. «Va keyin raketalar Kiyevga uchib, odamlarni o‘ldiryapti», dedi Oq uy rahbari va «buni to‘xtatish kerak»ligini ta’kidladi. U «Putindan hafsalasi pir bo‘lganini» qo‘shimcha qildi, chunki u bilan bir necha oy oldin kelishuvga erishmoqchi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
🔴LIVE: AQSh Hamasdan “arazladi”, Suriyada saylov belgilandi | “Geosiyosat”
Jahon | 11:10
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
-
Mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:20
Mavzuga oid

07:44
Peskov: Kiyev bilan munosabatlar - Moskva «vazifalari» bajarilganidan keyin

07:37
Ekspert: Rossiya harbiy xarajatlari SSSR darajasiga yaqinlashdi

07:24
Avstriya Rossiya tufayli betaraflikdan voz kechishni muhokama qilishi mumkin

23:26 / 28.07.2025