Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medinskiy Ukraina delegatsiyasini 16 may kuni ertalab Istanbulda kutadi
16 may kuni soat 10:00 da Istanbuldagi muzokaralarda rossiyaliklar bilan uchrashish uchun Kiyevdan vakillar keladi, dedi Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Yozuvchilar uyushmasi raisi Vladimir Medinskiy.

Foto: Reuters
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 16 may kuni ertalab Istanbulda muzokaralar o‘tkazadi. «Ertaga ertalab, tom ma’noda soat 10 dan boshlab biz uchrashuvga kelishi kerak bo‘lgan Ukraina tomonini kutamiz», dedi 5 may, payshanba kuni kechqurun Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Yozuvchilar uyushmasi raisi, Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy. AQSh davlat kotibi Marko Rubio va AQSh prezidentining elchisi Stiven Uitkoffning muzokaralarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, o‘z navbatida, "Suspіlne" nashri manbalariga ko‘ra, allaqachon Turkiyani tark etib, 16 may kuni Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti boshlanadigan Albaniyaga jo‘nab ketgan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi muzokaralarning asosiy maqsadi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lib, uni Ukraina delegatsiyasi muhokama qilish mandatiga ega. Ukraina prezidentining rasmiy saytida e’lon qilingan farmonga ko‘ra, Ukrainadan kelgan delegatsiyaga mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qiladi. Muzokaralar guruhi tarkibiga, shuningdek, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Aleksandr Poklad, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksandr Bevz va bir qator harbiy amaldorlar kiradi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
Mavzuga oid

16:02
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi

15:25
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin

15:09
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin

14:15