Rossiya va Germaniya siyosatchilari Bokuda maxfiy tarzda uchrashgan
ARD telekanali va Die Zeit gazetasi xabar berishicha, bu urush boshlanganidan keyin yopilgan Rossiya-Germaniya loyihasi - «Peterburg muloqoti» muhokama qilingan uchinchi uchrashuvdir.

Foto: AP
Bokuda Rossiya va Germaniya siyosatchilarining maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, u yerda, ehtimol, «Peterburg muloqoti»ning kelajagi muhokama qilindi — u Ukrainada Rossiya urushi boshlanganidan keyin rasman o‘z faoliyatini to‘xtatgan forum. Bu haqda 8 may, payshanba kuni Germaniyaning ARD jamoat telekanali va Die Zeit gazetasi xabar berdi.
Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Ralf Shtegner, federal kansler idorasi sobiq rahbari Ronald Pofalla, Shimoliy Reyn-Vestfaliya hukumatida federal va Yevropa ishlari bo‘yicha sobiq vazir, xristian-demokrat Stefan Xoltoff-Pfyortner, shuningdek, "Peterburg muloqoti"ning sobiq ijrochi direktori Martin Xoffman Ozarboyjon poytaxtiga keldi.
Ularning hech biri uchrashuvda ishtirok etganini inkor etmadi va u shaxsiy xususiyatga ega ekanligini hamda hech qanday davlat organi tomonidan buyurtma berilmagani va moliyalashtirilmaganligini ta’kidladi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham «uchrashuvlar federal hukumat tomonidan o‘tkazilmagani yoki rejalashtirilmagani»ni bildirdi. Bundan tashqari, OAV xabarlariga ko‘ra, avvalroq YeXHT bosh kotibi lavozimini egallagan shveysariyalik diplomat Tomas Greminger Bokuda bo‘lgan. U ham izoh berishdan bosh tortdi.
Uchrashuvda Rossiya tomonidan Rossiyaning sobiq bosh vaziri, «Gazprom» kuzatuv kengashi raisi Viktor Zubkov ishtirok etdi. Zubkov uzoq vaqt davomida Rossiya tomonidan "Peterburg muloqoti"ni boshqargan. Unga Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeyev hamrohlik qildi. Bu kamida uchinchi uchrashuvdir. Shunga o‘xshash tarkibdagi delegatsiyalar 2024 yilda ikki marta Bokuda uchrashgan.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00 / 30.06.2025
-
Toshkent xalqaro aeroportida 3 nafar qizni fohishalik uchun Tailandga yuborishga uringan ayol ushlandi
Jamiyat | 23:58 / 30.06.2025
-
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi
Jamiyat | 23:32 / 30.06.2025
-
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi
Jahon | 23:22 / 30.06.2025
Mavzuga oid

14:57 / 30.06.2025
Vadeful: Rossiyaning Germaniya uchun xavfini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak

13:00 / 30.06.2025
Vadeful Kiyevga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun keldi

09:00 / 30.06.2025
Germaniya Isroil bilan birga «kibergumbaz» yaratish rejasini e’lon qildi

22:20 / 28.06.2025