Jahon | 14:57 / 30.06.2025
1479
3 daqiqa o‘qiladi

Vadeful: Rossiyaning Germaniya uchun xavfini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak

Yoxann Vadefulning aytishicha, Moskva «Germaniyada tinchlik va erkinlikdagi hayotga» tahdid solmoqda.

Yoxann Vadeful Foto: David Hammersen / dpa

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful fikricha, Rossiyaning Germaniya uchun xavfini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bu haqda u 29 iyun, yakshanba kuni suhbatdan parchalarni chop etgan Funke media guruhiga bergan intervyusida ma’lum qildi. «Rossiya Germaniyadagi tinchlik va erkinlikdagi hayotimizga bevosita tahdid solmoqda», deb hisoblaydi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari.

Vadeful NATOning Haagadagi sammitida mudofaa va tegishli infratuzilmaga sarflanadigan xarajatlarni YaIMning 5 foizigacha oshirish haqidagi qarorlarini «to‘g‘ri va zarur» deb baholadi.

Uning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «ukrainaliklarning ruhiyatiga pala-partish bombardimonlar bilan hujum qildi». «Ukraina erkinligi bizning yevropaliklar sifatida chidamliligimizning eng muhim sinovidir», — deya ta’kidladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari.

Germaniya kansleri Fridrix Mers ham Germaniyani soxta xavfsizlik hissiga berilmaslik haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) media guruhi. Shvilovz (Brandenburg) shahridagi Bundesverning tezkor qo‘mondonligiga tashrifi chog‘ida Mers mavjud xavf-xatarlar haqida ta’kidladi: «Biz erkinlik, tinchlik va xavfsizlik sharoitida yashash uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak».

Avvalroq, NATO sammitining mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning besh foizigacha oshirish haqidagi qarorini sharhlar ekan, Mers Germaniya bu fonda yetakchilik rolini o‘z zimmasiga olganini ta’kidlagan edi. Kansler xarajatlarni oshirish uchun Germaniya davlat qarzi bo‘yicha konstitutsiyaviy cheklovni («qarz tormozi») to‘xtatib qo‘yishi kerakligini bildirdi.

NATOga eng katta hissa qo‘shuvchi ikkinchi davlat bo‘lgan Germaniyaning bu qarori bo‘lmaganida, «bugungi vaziyat boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi», deb ta’kidladi u. «Bu deyarli nizo va, ehtimol, butun NATOning jiddiy zaiflashuvi bilan yakunlangan bo‘lardi. Bu alyans tarixida qoladigan muhim kundir», deb xulosa qildi Fridrix Mers.

Mavzuga oid