Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi
Prezident marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilari bilan uchrashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi.
Davlat rahbarining g‘oyasi asosida tashkil etilgan ushbu yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bag‘ishlangan.
Majmua yuqoridan qaraganda davlat bayrog‘idagi yarim oy va o‘n ikki yulduz shaklida namoyon bo‘ladi. Qariyb ikki metrli yulduzlarning qirralari bitiktosh vazifasini ham o‘taydi. Ularning yon taraflariga 196 nafar qahramonlar nomi zarhal harflar bilan yozilgan. Bu bitiklar yoniga monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, millat fidoyilari to‘g‘risida ma’lumotlar foto va videolar orqali namoyish etib boriladi.
Prezident marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashdi.
– Har yili bu yerga kelib, Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlarni eslaymiz. Endi mustaqillik fidoyilariga bag‘ishlangan ushbu majmuani tashkil qilganimiz xayrli ish bo‘ldi. Chunki ular ham milliy qahramonlarimiz. Shu jihatdan, bu maydonning ma’naviy ahamiyati katta. Bu ham o‘zlikni anglash, bu ham inson qadri, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari vatan himoyachilarining oila a’zolariga chuqur hurmatini bildirdi.
– Bu jasur o‘g‘lonlar tahlikali vaziyatda o‘zini o‘ylamay, burchiga sodiq qolib, xalqi uchun jonini fido qilgan. Hozirgi tinchlikda, osmonimiz musaffoligida ularning katta hissasi bor. Oilalari, barcha yaqinlari bilishi kerakki, ular oramizda xuddi tirikdek, nomlari hech qachon o‘chmaydi. Buni mana shu maydonda muhrlab qo‘ydik. Men ularning ota-onalariga, turmush o‘rtoqlariga ta’zim qilaman. Farzandlari qahramon otalariga munosib bo‘lishini istayman, – deya ta’kidladi prezident.
Millat fidoyilari tug‘ilgan tumanlarda xotira tadbirlari o‘tkazish, ularning mardligini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish, qahramonliklari haqida asarlar yozish zarurligi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilarini ham ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.
– Avvalo, sizlarni, siz orqali barcha faxriylarimizni G‘alabaning 80 yilligi bilan tabriklayman. Xalqimiz nomidan barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning qahramonligingiz tufayli bugungi avlodlar shunday tinchlik-forovonlikda yashayapti. Bu tinchlikning qadrini yoshlarimizga sizlar orqali yetkazishimiz kerak. Hayotingizning o‘zi bizga namuna. Har bir gapingiz juda katta ta’lim, bilim. Ilohim, sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘lib, ko‘p yillar faxrimiz, duogo‘yimiz bo‘lib yuring, – deya tilak bildirdi Shavkat Mirziyoyev.
Keksalar tarixiy xotira ulug‘langani, qariyalarga katta hurmat-e’tibor ko‘rsatilayotganini aytib, duolar qilishdi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00
-
AQSh prokuraturasi Rossiyaga aloqador firibgarlarni tibbiy sug‘urta tizimidan 1 mlrd dollar o‘g‘irlaganlikda aybladi
Jahon | 21:28
-
Yekaterinburgdagi reyd va Bokuning javobi. Voqealar rivoji
Jahon | 21:25
-
“Arxivlar to‘liq ochilsa, rusparastlar tilini tishlab qoladi” - siyosatshunoslar Moskvaning “umumiy tarix” da’vosi haqida
Jahon | 20:45
Mavzuga oid

15:29
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi

15:01
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

14:07
Har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi saralanib, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi

13:20