«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi
U bir yarim soatlik nutqini o‘z ma’muriyatining immigratsiya sohasidagi yutuqlarini maqtashga, sudyalar va sobiq prezident Jo Baydenga qarshi hujumlarga bag‘ishladi.

Foto: Evelyn Hockstein / Reuters / Scanpix / LETA
AQSh prezidenti Donald Tramp Michigan shtatida so‘zlagan nutqida o‘z lavozimidagi dastlabki 100 kun mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatli kunlar bo‘lganini aytdi va o‘zining qat’iy immigratsiya siyosatini asosiy yutuqlardan biri va saylovoldi va’dalarining bajarilishi deb atadi.
«Biz bugun mamlakatimiz tarixidagi har qanday ma’muriyatning eng muvaffaqiyatli dastlabki 100 kunini nishonlash uchun mamlakatimizning qoq markazida yig‘ildik va bu ko‘pchilikning fikriga ko‘ra shunday», – dedi Tramp nutqi avvalida. «Biz endigina boshladik. Siz hali hech narsani ko‘rmadingiz», – deya qo‘shimcha qildi u o‘z tarafdorlariga qarata.
Tramp AQSh avtomobilsozlik sanoati markazi bo‘lgan Detroytdan shimolda, Kanada bilan chegara yaqinida joylashgan Uorren shahrida nutq so‘zladi.
Nutqda avtomobil sanoati mavzusi muhim o‘rin egalladi. Trampning aytishicha, uning soliq va bojxona siyosati tufayli AQShda sektor gullab-yashnashi kerak. U avtomobil kompaniyalari Michiganda yangi zavodlar ochish uchun «navbatga turayotgani»ni ma’lum qildi.
Tramp kelgusi haftalar va oylarda uning ma’muriyati «Amerika tarixidagi eng yirik soliq imtiyozlari»ni joriy etishiga va’da berdi. Amerika «oltin asr» sari ketmoqda – past iste’mol narxlari, yuqori maoshlar va „dunyo tarixidagi eng yaxshi iqtisodiyot“», – deydi Tramp.
U, shuningdek, AQShning import bojlari joriy etilishi fonida butun dunyodan yetakchilar Oq uyga kelishuvlar tuzish uchun kelayotgani bilan maqtandi: «Endi bizni butun dunyoda hurmat qilishmoqda. Ular prezidentingizni ko‘rish uchun butun dunyodan kelishyapti. Ular Hindistondan kelishyapti, Fransiyadan kelishyapti, Ispaniyadan kelishyapti. Xitoydan kelishyapti. Ular prezidentingizni ko‘rish uchun butun dunyodan kelishyapti. Ular bitim tuzmoqchi. Bilasiz, biz bitimlar tuzamiz, lekin bu bizga kerak emas».
Prezident o‘z nutqida yana bir bor demokratlar hamda oldingi ma’muriyatga hujum qildi, shuningdek, o‘z lavozimida qabul qilgan qarorlarini eslatib o‘tdi va olomon olqishlari ostida «hukumatdan telbalik va transgender mafkurani siqib chiqarayotgani»ni aytdi.
«Biz Amerikani yana buyuk qilamiz va bu tez orada ro‘y beradi», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Immigratsiya haqida gapirarkan, Tramp sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatini (u haqida o‘z nutqida bir necha bor eslagan) noqonuniy muhojirlarga «amerikaliklarni zo‘rlash va o‘ldirish»ga yo‘l qo‘yganlikda aybladi.
«Avvalgi ma’muriyat chegarada keng ko‘lamli bosqin uyushtirib, to‘dalar, kartellar va terrorchilar kirib kelishiga imkon berdi… Men faxr bilan aytishim mumkinki, bu jirkanch xiyonatga chek qo‘yildi», – dedi u.
Tramp Vashington allaqachon Amerika chegarasi xavfsizligini ta’minlagani, biroq «sudlar tinchlik bermayotgani» va AQShdan «aql bovar qilmaydigan darajada yomon» odamlarning deportatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilishga urinayotganini ta’kidlagan.
«Eng yomonlarning eng yomonlari Salvadordagi qamoqxonaga jo‘natilmoqda», – degan Tramp inson huquqlari buzilishi haqida xabarlar kelib tushgan megaqamoqxonani nazarda tutgan holda.
Shuningdek, yig‘ilganlarga Salvadorga deportatsiya qilingan va u yerdagi qamoqxona kameralarida kishanlangan holatdagi muhojirlar aks etgan videolar namoyish etildi.
Trampning nutqi taxminan bir yarim soat davom etdi. Unda u tashqi siyosatga deyarli to‘xtalmagan, faqat Xitoy bilan savdo shartnomasi tuzmoqchi ekanini aytgan.
Trampning dastlabki 100 kuni prezidentlik vakolatlaridan import tariflarini joriy etish, davlat dasturlarini qisqartirish, ommaviy deportatsiyalar va boshqa choralar uchun keng foydalanishi bilan ajralib turdi.
Trampning ko‘plab tarafdorlari bu tashabbuslarni olqishlamoqda, biroq ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, prezident tanqidchilari mamlakat qaysi yo‘nalishda ketayotganidan xavotirda.
Uning o‘zi respublikachilardan ko‘ra demokratlar ko‘proq ishtirok etadigan so‘rovlarga ishonmasligini ta’kidlab, amerikaliklar orasidagi reytingini 60-70 foizdan yuqori baholaydi.
Gallup ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp – Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShning hokimiyat tepasida 100 kun o‘tirganidan keyin aholining yarmidan kamrog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yagona prezidentidir: so‘rovlarga ko‘ra, uning reytingi 44 foizni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston | 16:32
-
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi
O‘zbekiston | 16:18
-
Vosiq xalqaro maktabining - Yunusobod filiali ham IB PYP sertifikatiga ega bo‘ldi!
O‘zbekiston | 15:30
-
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 15:29
Mavzuga oid

13:44
Eron bilvosita Trampga o‘lim bilan tahdid qildi

12:30
G7 AQSh biznesini global soliqdan ozod qilishga rozi bo‘ldi

07:40
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi

07:32