Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi
Biz istalgan vaqtda bir-birimizga qo‘ng‘iroq qilish va muhim masalalarni muhokama qilish imkoniyatini saqlab qoldik, - dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin.

Foto: Anadolu Agency
Rossiya tashqi razvedka xizmati (SVR) direktori Sergey Narishkin AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbari Jon Retkliffga qo‘ng‘iroq qildi. Ular muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Bu suhbat haqida Narishkin «Rossiya-1» jurnalistiga gapirib berdi.
«Amerikalik hamkasbim bilan telefon orqali suhbatlashdim. Biz istalgan vaqtda bir-birimizga qo‘ng‘iroq qilish va muhim masalalarni muhokama qilish imkoniyatini saqlab qoldik», — dedi SVR rahbari.
U suhbat qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmadi.
Oxirgi marta ularning telefon suhbati haqida ommaviy axborot vositalari mart oyi o‘rtalarida e’lon qilgan edi, o‘shanda SVR matbuot byurosi Narishkin va Retkliff ikki razvedka idorasi o‘rtasida umumiy manfaatlar va inqirozlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilganini bildirgan.
Mavzuga oid

16:48
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

16:33
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi

15:26
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi

15:24