Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi
"Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasini tashkil etish to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida sinov-tajriba tariqasida ekologik huquqbuzarlikka, shu jumladan atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurashish va aniqlangan huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish uchun “Ekologik patrul” qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi.
Ichki ishlar va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga “Ekologik patrul” qo‘shma bo‘linmasi faoliyatiga rahbarlik qilish vazifasi yuklatiladi.
Bo‘linma rahbari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi, maqomi bo‘yicha tegishli ravishda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi markaziy apparatining boshqarma boshlig‘i lavozimiga tenglashtiriladi.
Bo‘linma rahbarining o‘rinbosari ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi, harbiy xizmatchi hisoblanadi xamda maqomi bo‘yicha tegishli ravishda ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tenglashtiriladi.
Bo‘linma, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Toshkent shahar Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasi 21-uyning binosiga joylashgan holda faoliyat olib boradi.
Ichki ishlar vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 mayga qadar bo‘linmada umumiy xodimlar sonini 100 ta shtat birligida tashkil etadi.
Bo‘linma xodimlarining maqomi mos ravishda davlat ekologik va patrul xizmati inspektorlari maqomiga tenglashtiriladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq bo‘linma tomonidan:
- atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
- tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish uchun ta’sirchan choralarni qo‘llash;
- aholi punktlari, ko‘chalar, iste’mol bozorlari, yirik savdo majmualari, turizm namoyishi obektlari va boshqa jamoat joylarining hamda korxona va tashkilotlarning tutashgan hududlarining tozaligi va ekologiya holati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
- huquqbuzarliklarni oldini olish uchun targ‘ibot-tashviqot va profilaktika tadbirlarini olib borish;
- ekologik huquqbuzarlikka, shu jumladan atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat ekologik nazorati kun-u tun amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

10:24 / 15.05.2025