Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichida hududning 30 foizini bog‘ va yashil zonalar uchun ajratish rejalashtirilmoqda. Binolarni salqin saqlash uchun «yashil tom» texnologiyalari joriy etiladi. Shahar aholisi barcha zarur xizmatlarga piyoda yoki velosipedda 15 daqiqada yetib borishi kutilmoqda.

Foto: newtashkent.uz
Yangi Toshkent aholisi zarur xizmatlardan piyoda yoki velosipedda 15 daqiqa ichida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Yangi Toshkent direksiyasi axborot xizmati rahbari Shahnoza Nurmatova ma’lum qildi.
Yangi Toshkentda yashil qurilish konsepsiyasini joriy etish O‘zbekistonning iqlim barqarorligi strategiyasining muhim tarkibiy qismidir. Shaharni barqaror rivojlantirishda energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish ustuvor yo‘nalishdir.
Shaharning energiya ta’minoti deyarli 100 foiz qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslanadi. Birinchi bosqichda paxta poyalaridan ishlab chiqariladigan bioyonilg‘i asosidagi trigeneratsiya qurilmasi ishga tushiriladi. Bu inshoot 50 MVt issiqlik va 27 MVt elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Quyosh elektr stansiyalari va gidroelektr quvvatlari orqali shaharga 1 GVt dan ortiq yashil energiya yetkazib beriladi. Energiya uzluksizligini ta’minlash maqsadida yirik energiya saqlash tizimlari o‘rnatiladi.
Loyiha doirasida birinchi bosqichda yerning 30 foizi yashil park va xiyobonlar uchun ajratiladi. Binolarda yashil tom texnologiyasi joriy etilib, ularning jazirama yoz kunlarida salqinlikni saqlashiga xizmat qiladi. Bu innovatsion yechim shaharning iqlimiy barqarorligini oshiradi va energiya tejamkorligini ta’minlaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

16:51 / 18.06.2025
Prezident «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi

22:17 / 16.06.2025
Yangi Toshkent shahrigacha metro quriladi

22:28 / 12.06.2025
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi

17:07 / 05.06.2025