O‘zbekiston elchisi ASEAN huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi
O‘zbekistonning ASEAN tashkilotidagi doimiy vakili Oybek Eshonov mazkur tuzilma bosh kotibi Kao Kim Xournga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot avvalida bosh kotib Kao Kim Xourn O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan 2025 yil fevral oyida Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni esga oldi hamda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni samarali va juda konstruktiv deb baholashini bildirdi.
Mazkur uchrashuv natijalari, ASEAN va O‘zbekiston o‘rtasida samarali siyosiy muloqot hamda ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam poydevor bo‘lishi qayd etildi.
"Keyingi yillarda jahon hamjamiyatida, xususan, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida O‘zbekistonga qiziqish ortib bormoqda. ASEAN davlatlari respublikani Markaziy Osiyodagi muhim va ishonchli hamkor deb biladi", dedi bosh kotib Kao Kim Xourn.
Shuningdek, uchrashuvda tashkilot kotibiyati O‘zbekistonning ASEAN bilan hamkorlikning ilg‘or modelini yaratish istagi va keng ko‘lamli sohalarda sheriklikni mustahkamlashdagi qat’iyati tasdiqlandi.
O‘zbekiston elchisi Oybek Eshonov bundan avval Indoneziya prezidenti Subianto Prabovoga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 17:35
-
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi
Jahon | 17:20
-
"Biznesni rivojlantirish banki" biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Prezident akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi
Jamiyat | 16:45
Mavzuga oid

10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi

16:10 / 14.10.2024
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi

15:59 / 10.11.2016