O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
57 yoshli diplomat Oybek Eshonov bu lavozimda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rnini egalladi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtida ish boshladi.
57 yoshli diplomat Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti, shuningdek, Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan. 2008 yildan 2017 yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Fors va ingliz tillarini mukammal biladi.
Oybek Eshonov 2018-2022 yillarda O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
U yangi lavozimda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid

18:32 / 02.06.2025
Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi

12:08 / 13.05.2025