ShHT ASEAN mamlakatlari bilan hamkorlikdan manfaatdor

Foto: Twitter/mfa_russia
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (JShODA-ASEAN) bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir. ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ASEAN mamlakatlari elchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvida shunday bayonot bergan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
"Mintaqaviy tashkilotlarning o‘rni tobora o‘smoqda, ularning jahon geosiyosiy kun tartibiga ta'siri kuchayib borayapti. Bu globallashuv va xalqaro munosabatlarning hozirgi bosqichidagi mintaqalashuv bilan o‘zaro bog‘liqlik tendensiyasini xolis aks ettiradi", - degan Alimov uchrashuv nihoyasida.
Uning fikricha, "ASEAN Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yetakchi xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi. Sharqiy Yevroosiyo hududida esa, ko‘pchilik tan olganidek ShHT yetakchi tashkilotdir".
ShHT va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlariga terrorizm va transmilliy jinoyatchilik, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘lar kontrabandasi, noqonuniy daromadlar o‘tkazmasi va noqonuniy muhojirlikka qarshi kurash, xo‘jalik va moliya, atrof-muhitni himoya qilish sohalarini kiritish mumkin.
Shu munosabat bilan, Alimovning bildirishicha, ikki tashkilot kotibiyatlari o‘rtasidagi anglashuv memorandumining yangilangan loyihasi tayyorlangan bo‘lib, mazkur hujjat ShHTning 2017 yil 9 iyunda bo‘lajak Ostona sammitida imzolanishi ham mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 10:21
-
Estoniya Rossiya bilan chegarada mudofaa chizig‘ini qurishni boshladi
Jahon | 10:05
-
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi
O‘zbekiston | 09:59
-
Urushning yangi bosqichi - 9-kun
Jahon | 09:53
Mavzuga oid

16:10 / 14.10.2024
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi

07:57 / 13.09.2022
Rashid Alimov: «O‘zbekiston tashabbuslari mintaqani dengiz va okeanlarga yaqinlashtiradi»

16:12 / 12.09.2022
“Samarqand ruhi” – xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin

15:28 / 12.09.2022