Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi
Prezident Ilhom Aliyev G‘arbning ikki yoqlama standartlariga qaramasdan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) mustaqilligini tan olishni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Foto: Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati
Ozarboyjon Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (TRShK) Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi maqomi berilishida hal qiluvchi rol o‘ynadi va uning to‘laqonli xalqaro tan olinishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahridagi ADA universitetida bo‘lib o‘tgan «Yangi jahon tartibi sari» xalqaro forumida ma’lum qildi.
«Biz bu masalani qo‘llab-quvvatlayotgan faol davlatlardan birimiz. Prezident [Ersin] Tatar Shusha shahridagi norasmiy sammitga taklif qilindi va u unda qatnashdi. O‘sha yerda Shimoliy Kipr bayrog‘i ham hilpirab turdi», — dedi Aliyev.
Ozarboyjon rahbari ShKTRga nisbatan o‘z mamlakati mavqeyi doimo qat’iy bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi: «Biz doimo o‘z birodarlarimizning yonidamiz. Bizning siyosatimiz doimo ochiq bo‘lgan. Bu masalada bizda boshqa kun tartibi yo‘q. Biz faqat ularga o‘z davlatini saqlab qolishda qanday yordam bera olishimizni o‘ylaymiz. Ular buni o‘z tarixlari va amallari bilan munosib ravishda qo‘lga kiritishgan».
Aliyev xalqaro hamjamiyatning Kipr masalasidagi ikki yoqlama standartlariga e’tibor qaratdi va orolni birlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumni yodga oldi: «Turk Kipri birlashish uchun ovoz berdi, yunon kiprliklar esa qarshi chiqdi. Oqibatda nima bo‘ldi? Yunon Kipri Yevropa Ittifoqiga qabul qilindi. Bu adolatlimi?»
«Bu — ikki yoqlama standartlarning yaqqol namunasi edi. Siyosatchilar esa bu haqda gapirishni istashmaydi. Chunki agar ular buni tilga olsa, boshqa noqulay muammolar ham paydo bo‘lishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi Ozarboyjon prezidenti.
Aliyev so‘zining yakunida ta’kidladi: «Men Shimoliy Kiprdagi birodarlarimni ishontirmoqchimanki, biz doimo ular bilan bo‘lamiz. Ularning davlati mustaqil davlat sifatida mustahkamlanishi va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi uchun biz doim qo‘llab-quvvatlaymiz».
Shimoliy Kipr rahbari Ersin Tatar Ozarboyjon bilan aloqalar rivojlanayotganidan mamnuniyat izhor qildi, umumiy qadriyatlar va ikki xalqni bog‘lab turuvchi uzviy rishtalar mustahkam ekanini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi
Sport | 13:29
-
Mintaqaning xavotirli kelajagi, qirg‘izlarning sigaretga taqiqi va kuzatuvchilarga yopiq Dushanbe aeroporti
Jahon | 12:40
-
Kursk oblastida ham ko‘prik quladi
Jahon | 11:21
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
Mavzuga oid

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an

21:12 / 07.05.2025