Tramp bojlar joriy etishi tufayli 500 mln dollar yo‘qotdi
Trampning tariflari fond bozorlarini inqirozga olib keldi va buning natijasida uning o‘z boyligi katta zarar ko‘rdi. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, uning aktivlari qiymati taxminan yarim milliard dollarga tushib ketgan.

Foto: Nathan Howard
Forbes jurnalistlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan import bojlari tufayli uning shaxsiy boyligi 500 million dollarga kamaydi. Nashrning 8 aprel, seshanba kuni yozishicha, bojlar oshirilgan kuni, 2 aprelda Trampning boyligi 4,7 milliard dollarga baholangan, biroq oradan bir hafta o‘tmasdan uning qiymati taxminan 4,2 milliard dollarga tushgan.
Oq uy rahbari Trump Media and Technology Group aksiyalari qiymatining pasayishi tufayli taxminan 170 million dollar yo‘qotdi, savdoning so‘nggi uch kunida ular 8 foizga arzonladi. Qolgan yo‘qotishlar tijorat ko‘chmas mulki (90 million), golf biznesi (taxminan 70 million), mehmonxona va kurort biznesi (65 million), kriptovaluta hamda Tramp biznesga ega bo‘lgan yoki sarmoyasi bo‘lgan boshqa sohalardagi pasayish bilan bog‘liq.
Donald Trampning tarafdori, milliarder Ilon Mask ham respublikachilarning iqtisodiy siyosatidan jabr ko‘rdi: Business Insider yozganidek, Space X rahbarining boyligi 2 apreldan boshlab 35 milliard dollarga kamaydi, 8 aprelga kelib esa u 298 milliard dollarga baholandi (va Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 9 aprel holatiga ko‘ra u allaqachon 290 milliard dollarni tashkil etgan). Shu bilan birga, The Washington Post nashrining yozishicha, Mask Trampdan bojlar joriy qilmaslikni shaxsan o‘zi so‘ragan, biroq uning urinishlari samarasiz ketgan.
Bloomberg agentligining milliarderlar indeksi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy 10 kishisi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi pasayish natijasida uch kun ichida 172 milliard dollar yo‘qotgan.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
Jahon | 10:22
-
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
O‘zbekiston | 10:18
-
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
O‘zbekiston | 09:49
-
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
Jamiyat | 09:39
Mavzuga oid

22:38 / 22.05.2025
Tramp Oq uyda JAR prezidentini «oqtanlilar genotsidi» ayblovi bilan kutib oldi

22:22 / 22.05.2025
Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi

07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi

18:51 / 21.05.2025