Iqtisodiyot | 08:12 / 06.03.2025
3082
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Gurjiston savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

Toshkentda 5 mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov va Gurjiston bosh vaziri Irakli Kobaxidze boshchiligida ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmi va uning tarkibi mamlakatlar salohiyatiga mos emasligi, O‘zbekiston-Gurjiston o‘rtasidagi Erkin savdo kelishuvi imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, yaqin yillarda savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligiga e’tibor qaratildi.

Bunday natijaga to‘qimachilik, poyabzal va charm, elektrotexnika, oziq-ovqat mahsulotlari, rangli va qora metallar, meva-sabzavot, kimyo mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa tovarlar oldi-sotdisiga keng yo‘l ochish orqali erishish mumkinligi bildirildi.

Hukumatlar delegatsiyalari uchrashuvida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy yo‘nalishlardan tashqari, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, ta’lim, turizm, madaniy-gumanitar sohalarida ham o‘zaro munosabatlarni yanada yaxshilash ikki davlat manfaatlariga birdek mos kelishi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududlararo hamkorlik o‘zaro munosabatlarning muhim omili bo‘lishi mumkinligi, shu ma’noda Samarqand va Batumi, Buxoro va Msxeta shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Mavzuga oid