Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston parlamenti «Chet el agentlari» to‘g‘risidagi ikkinchi qonunni ma’qulladi
Gurjiston parlamenti 1938 yilda qabul qilingan AQShning xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonuni tarjimasi bo‘lgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Shu bilan birga, muxolifat repressiv deb hisoblaydigan bir qator normalar qabul qilindi.

Foto: Tabula
Hukmron «Gurjiston orzusi» (GO) partiyasidan a’zolarni o‘z ichiga olgan Gurjiston parlamenti 1938 yilda qabul qilingan AQShning xorijiy agentlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonuni tarjimasi bo‘lgan qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda 4 mart, seshanba kuni Gurjistonning Tabula portali xabar berdi.
Unga ko‘ra, qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Hukmron partiyadan 84 deputat yoqlab ovoz berdi. Hech kim qarshi chiqmadi. Oktyabr oyidagi saylovlarni soxtalashtirilgan deb hisoblagan muxolifat parlament ishini boykot qilmoqda.
Jismoniy shaxslar ham «chet el agenti» sifatida tan olinishi mumkin
«Gurjiston orzusi» deputati va parlamentning huquq qo‘mitasi rahbari Archil Gorduladzening aytishicha, Gurjistonning xorijiy agentlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi yangi qonuni «Amerika qonunining batafsil tarjimasi». Uning eslatishicha, «Chet el ta’sirining shaffofligi to‘g‘risida»gi qonun Gurjistonda 2024 yil yozida kuchga kirgan. Ommaviy axborot vositalari uni allaqachon «chet el agentlari qonuni» deb atagan. U ommaviy noroziliklarga qaramay ma’qullandi.
Yangi qonunning farqi shundaki, u oddiy fuqarolarga ham ta’sir qilishi mumkin. «Agar amaldagi «Oshkoralik to‘g‘risidagi qonun» faqat nodavlat tashkilotlar, onlayn OAV va teleradiokompaniyalarga tegishli bo‘lsa, Amerika qonuni jismoniy shaxslarga ham ta’sir qiladi. Jismoniy shaxs ham xorijiy kuch, ham agent bo‘lishi mumkin», — deya Gorduladze so‘zlarini keltiradi Gurjistonning Netgazeti portali.
Tbilisi life Telegram-kanalining qo‘shimcha qilishicha, «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi birinchi qonun qabul qilingandan so‘ng ko‘pchilik nodavlat notijorat tashkilotlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortgan. «Endi ular FARA asosidagi yangi qonunni joriy qilmoqda, u ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortgan taqdirda jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi», — deb yozadi portal.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 23:00
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
-
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

08:44 / 09.07.2025
Gurjistonda Euronews Georgia asoschisi Ramishvili qo‘lga olindi

14:02 / 01.07.2025
Gurjistonda sakkiz muxolif partiya saylovlarga boykot e’lon qildi

14:59 / 14.06.2025
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi

09:34 / 30.05.2025