Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi
Raqobat qo‘mitasiga 2024 yilning 9 oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan 200 dan ortiq iste’molchidan murojaatlar kelib tushgan.

Foto: Kun.uz
Murojaatlar foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, yo‘lovchilarga parvozlar kechiktirilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmaslik, shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab bermaslik va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning talab darajasida emasligi yuzasidan bo‘lgan.
Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida, iste’molchilar foydasiga 195 million so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Xususan, Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Sh.dan kelib tushgan murojaat Air Samarqand aviakompaniyasi tomonidan yuzaga kelgan muammo bilan bog‘liq. Fuqaro oilasi bilan Vetnam davlatiga uchish va qaytish uchun aviachiptalarni xarid qilgan. Bulardan ikkita aviachipta biznes klass toifasiga taalluqli bo‘lib, parvoz vaqtida unga taklif qilingan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilmagan.
Qo‘mita tomonidan mazkur murojaat o‘rganib chiqilishi natijasida, ushbu aviakompaniya haqiqatan ham parvoz vaqtida iste’molchiga yetarli darajada xizmat ko‘rsatmagani aniqlandi va 10 million 160 ming so‘m pul aviakompaniya tomonidan fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlangan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
Mavzuga oid

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi

14:46 / 19.05.2025
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi

15:52 / 14.04.2025