Oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Shohrux Daliyev va Otabek Mahkamov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosarlari sifatida tanishtirildi. Ular bungacha mos ravishda Vazirlar Mahkamasida hamda Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Prezident qarori bilan Shohrux Hojiakbarovich Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ga bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov tasdiqladi.

Shohrux Daliyev 1985 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.
U 2012–2017 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta’minlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2017–2024 yillarda Vazirlar Mahkamasining ta’lim va ilm-fan masalalariga mas’ul departament va kotibiyatlarida o‘rta maxsus, professional ta’lim, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy ta’lim ilm-fanini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
Shuningdek, Otabek Muxtorovich Mahkamov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Otabek Mahkamov bunga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Davlat boshqaruvi akademiyasida uzoq yillar kafedra mudiri, dekan kabi lavozimlarda ishlagan, so‘nggi vaqtlarda Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlayotgandi.
Bundan oldinroq Komiljon Karimov vazirning birinchi o‘rinbosari, Shahlo Turdiqulova vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, boshqa ishga o‘tkazilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

14:37 / 17.06.2025
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi

15:25 / 02.06.2025