Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Turkiyadagi yangi elchi lavozimida ish boshladi. U bu lavozimda 2017 yildan buyon ishlab kelgan Alisher A’zamxo‘jayev o‘rnini egalladi.

Foto: «Dunyo»
O‘zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov Anqara shahriga yetib keldi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
U Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol bosh boshqarmasi boshlig‘i, elchi Ahmet Jyemil Miro‘g‘liga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
Ular, shuningdek, 21–22 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokini muhokama qildi.
Ahmet Jyemil Miro‘g‘li, o‘z navbatida, yangi elchiga Istanbuldagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEIK) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishga yaqindan ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Haydarov 2024 yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti), Rossiya tashqi savdo akademiyasini, Memfisdagi (AQSh) Xalqaro paxta maktabini tamomlagan.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va xorijiy vakolatxonalarda savdo-iqtisodiy maslahatchi, Ukrainadagi elchi (2006–2009 yillar) lavozimlarida ishlagan.
2009 yildan 15 yil davomida «O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasiga (hozirgi «To‘qimachilik va tikuv-trikotajsanoat» uyushmasi) rahbarlik qilgan. Shu bilan birga, 2021–2024 yillarda O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi raisi sifatida ishlagan.
Ilhom Haydarov 2017 yildan buyon O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Alisher A’zamxo‘jayev o‘rnini egalladi. A’zamxo‘jayev avvalroq Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Jamiyat | 11:56
-
London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi
Jahon | 11:53
Mavzuga oid

19:21 / 09.07.2025
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025