Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi
Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini «BB-»dan «BB» darajasiga oshirdi. Bu o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sish barqarorligi va tarkibiy ko‘rsatkichlarining doimiy yaxshilanish kutilmalari bilan bog‘liq.

Foto: Getty Images
Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini «BB-» dan «BB» darajasiga oshirdi.
Agentlik o‘z qarorini islohotlar jadalligi va o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sish barqarorligi tufayli makroiqtisodiy xavflarning jilovlanishi va tarkibiy ko‘rsatkichlarining doimiy yaxshilanish kutilmalari bilan izohlagan.
Asosiy islohotlar sifatida Fitch quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi:
- pul-kredit siyosatiga ishonchni oshirish va uning transmission mexanizmini yaxshilash chora-tadbirlari;
- xususiylashtirish rejalarini ilgari surish;
- davlat institutlarining shaffofligini oshirish.
2024 yilda energiya tariflarini erkinlashtirish va subsidiyalarni qisqartirish kutilganidan yaxshiroq fiskal natijalarga erishishga yordam bergan. Agentlikning qayd etishicha, ushbu siyosat budjetning barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, davlat budjeti defitsiti YaIMning 3 foiz darajasida bo‘lib, rejalashtirilgan 4 foizdan kamroq shakllangan.
Shuningdek, davlat qarzining past darajasi, salmoqli tashqi va fiskal zaxiralar, iqtisodiy o‘sishning yuqori salohiyati mamlakatning kuchli tomonlari sifatida e’tirof etilgan.
O‘z navbatida, reytingning pasayishi xomashyo narxlarining doimiy arzonlashuvi sababli tashqi savdo taqchilligining oshishi yoki pul o‘tkazmalarining kamayishi, xalqaro zaxiralarning sezilarli darajada qisqarishi, past iqtisodiy o‘sish, budjet taqchilligining oshishi, valuta kursining keskin qadrsizlanishi yoki davlat shartli majburiyatlarining hukumat tomonidan qoplanishi tufayli davlat qarzining keskin oshishi holatlarida yuz berishi mumkin.
Avvalroq, S&P va Moody’s agentliklari O‘zbekiston kredit reytingini o‘zgarishsiz qoldirgan, biroq prognozni «barqaror»dan «ijobiy»ga o‘zgartirgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi
Jahon | 20:09
-
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda
Jahon | 20:09
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
Mavzuga oid

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025
Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi e’lon qilindi

21:13 / 17.06.2025
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi

17:24 / 05.06.2025