O‘zbekiston | 10:33 / 23.06.2025
903
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi. Bu prezident farmonida belgilandi.

Foto: Shutterstock

Reyting quyidagi asosiy yo‘nalishlardagi erishilgan natijalar bo‘yicha tuziladi:

  • davlat organlarining inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish samaradorligi;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tezkorligi va sifati;
  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi;
  • davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi;
  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining raqamlashtirilganlik darajasi;
  • respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ular o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar bilan joriy etilgan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa reytinglar.

Reyting natijalariga ko‘ra quyi pog‘onadagi davlat idoralarining ish usullarini o‘zgartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish (BPR-reinjiniring) choralari amalga oshiriladi hamda hukumat majlislarida rahbarlar faoliyatiga baho berib boriladi.

Mavzuga oid