Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi e’lon qilindi
Economist Intelligence Unitʼga ko‘ra, Daniya poytaxti Kopengagen yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Undan keyingi o‘rinlarda Vena va Tsyurix. Oxirgi o‘rinni Suriyaning Damashq shahri egalladi. Toshkent ham reytingning quyi pog‘onalarida qayd etildi.
Britaniyaning The Economist jurnali tahliliy bo‘limi – Economist Intelligence Unit (EIU) dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi.
Reytingda dunyoning 173 shahri barqarorlik, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, infrastruktura va ta’lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 balli tizimda baholandi.
Kopengagen 2025 yil yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Avstriya poytaxti barqarorligi, yaxshi infratuzilmasi, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmati, shuningdek, ko‘plab madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tufayli yetakchilikni qo‘lgan kiritgan.
Ikkinchi o‘rinda Vena va Tsyurix, uchinchi o‘rinda esa Melburn qayd etilgan. Eng yaxshi o‘nlikka, shuningdek, Jyeneva, Sidney, Osaka, Oklend, Adelaida va Vankuver kirdi.
Reytingda so‘nggi o‘rinni Suriyaning Damashq shahri egalladi. Bundan tashqari, yashash uchun noqulay shaharlar o‘ntaligiga Tripoli, Dakka, Karachi, Jazoir, Lagos, Xarare, Port-Morsbi, Kiyev va Karakas kirdi.
Economistʼning qayd etishicha, dunyodagi beqarorlik tufayli shaharlardagi turmush sharoitlari ketma-ket ikkinchi yil yaxshilanmayapti. 2022-2024 yillarda ketma-ket uch yil reytingda yetakchilik qilgan Vena oldi olingan ikkita terakt — biri amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning konsertida, ikkinchisi temiryo‘l vokzalida — tufayli birinchi o‘rindan mahrum bo‘lgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, kichikroq shaharlar reytingda odatda yuqoriroq o‘rinlarda joylashadi. Eng yaxshi 20 ta shaharning faqat uchtasida 6 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Masalan, London va Nyu-York mos ravishda 54 va 69-o‘rinlarda. Bu shaharlarda jinoyatchilik darajasi va terrorizm xavfi yuqori, yo‘llar ham tirband. Dunyoning eng yirik shaharlaridan biri Tokio esa 13-o‘rinni egallagan.
Shuningdek, 2024 yilda 5-o‘rinni egallagan Kalgari bu yil 18 o‘ringacha, Toronto esa 12-o‘rindan 16-o‘ringa tushib ketgan. Kanada shaharlarining bunday jiddiy pastlashi tibbiyot muassasalari va shifoxonalardagi xodimlar etishmasligi natijasida yuzaga kelayotgan uzoq navbatlar bilan bog‘langan.
Toshkent reytingning eng quyi pog‘onalarida qayd etilgan. O‘zbekiston poytaxti 100 ballik tizimda 50 dan 60 ballgacha to‘plagan holda och kulrang rangdagi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Bu taxminan 145-160 o‘rinlar oralig‘iga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV
O‘zbekiston | 19:00
-
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida
Jamiyat | 19:00
-
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi
O‘zbekiston | 18:43
-
AQShda noqonuniy migrantlar saqlanadigan «izolyator»lar soni salkam 60 taga oshdi
Jahon | 18:42
Mavzuga oid

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

21:13 / 17.06.2025
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi

17:24 / 05.06.2025