Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Kiyev va mintaqaga hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Kiyev va mintaqa 23 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga uyushtirgan ommaviy hujumi asosiy hududiga aylandi. Kiyevda besh kishi, Belotserkovskiy tumanida bir ayol halok bo‘ldi.

Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
23 iyun, dushanbaga o‘tar kechasi Kiyev viloyatining Belotserkovskiy tumanida Rossiyaning Ukraina poytaxti va viloyatiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati (KVHM) rahbari Nikolay Kalashnik Telegramʼda yozdi.
«Afsuski, Belotserkovskiy tumanida dushman hujumi natijasida 1957 yilda tug‘ilgan ayol olgan jarohatidan halok bo‘ldi», — deyiladi uning postida. Bundan tashqari, Belotserkovskiy tumanida xususiy uylar va ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan, tibbiyot muassasasi joylashgan mehmonxona binosi vayron bo‘lgan.
Borispol tumanidagi ikkita xususiy uyda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar beradi Kalashnik postida. Bucha tumanida to‘rtta xususiy bino va uchta avtomashinaga zarar yetgan.
Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, Kiyevga qilingan hujum oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, 19 kishi jarohatlangan. 10 kishi, jumladan, ikki bola va homilador ayol qutqarib qolindi.
Ukraina matbuotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga uchuvchisiz uchoqlar, ballistik va qanotli raketalar yordamida qilgan hujumi deyarli tun bo‘yi davom etgan. Shu bilan birga, Rossiya dronlari va raketalari uchun asosiy hududlardan biri Kiyev va Kiyev viloyati bo‘ldi.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati (KShHM) va shahar meri Vitaliy Klichko ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Svyatoshin tumanidagi tungi hujumi natijasida ikki erkak: 56 va 61 yoshli shaxslar jabrlangan. Ular kasalxonaga yotqizilgan. «Svyatoshin» metro bekati infratuzilmasi shikastlangan, chiqishlardan biri vaqtincha yopilgan.
Ukraina poytaxtining Shevchenko tumanida besh qavatli binoning kirish qismi vayron bo‘ldi. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.
Kiyevning ayrim hududlarida yong‘inlar sodir bo‘ldi, avtomobillar va fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rdi. Xususan, Solomenskiy tumanida biznes markazi va ta’lim muassasasi zarar ko‘rdi. «Ko‘p sonli oynalar singan», deyiladi KShHM postida. Darnitskiy tumanida, ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, ikki qavatli turar joy binosi shikastlangan. Desnyanskiy tumanida turar joy binosi hovlisida portlashdan chuqurlik paydo bo‘ldi. Goloseyevskiy tumanida ikkita mashina va biznes markaziga zarar yetkazilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
-
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat litsenziyalanadi
O‘zbekiston | 13:10
-
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Jamiyat | 13:03
-
Rossiyani qo‘llashga tayyor Xitoy, Isroilga chora ko‘rmoqchi bo‘layotgan Yevroittifoq va FETOʻchilar ta’qibini davom ettirayotgan Turkiya – kun dayjesti
Jahon | 12:54
Mavzuga oid

12:04
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

11:20
Rossiya dumasi «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunchilikni yana kuchaytirmoqda

11:15