Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi
2025 yil 16 iyun kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qaror va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga – ularning YaIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi ko‘rsatildi.
Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablag‘lari fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad etib belgilandi.
Bundan tashqari, majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritishi ko‘zda tutildi.
Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini amalga oshiradi.
Ijro hujjatlariga doir ma’lumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.
Shuningdek, qonun hujjatlariga majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog‘ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

10:32 / 10.06.2025
Rossiya hukumati «chet el agenti» to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirishni ma’qulladi

10:23 / 10.06.2025