Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Foto: senat.uz
Senatorlar aksiyadorlik jamiyatlarining ijro organlari, kuzatuv kengashlari a’zolarining fidutsiar majburiyatlari, majoritar aksiyadorlarining umumiy majburiyatlari hamda ushbu majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik belgilanishini huquqiy jihatdan tartibga solish, qonunchilikni xalqaro normalarga, shu jumladan Jahon savdo tashkilotining bitimlariga uyg‘unlashtirish orqali tashqi savdoni yanada liberallashtirish zarurati yuzaga kelayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga aksiyadorlarning umumiy majburiyatlarini hamda ularning javobgarligini aniqlashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu qonun bilan Bojxona kodeksiga eng ko‘p qulaylik berish rejimiga ega bo‘lmagan mamlakatlardan O‘zbekistonga keltirilayotgan tovarlar uchun tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlar mavjud bo‘lmaganda import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qo‘mita a’zolari o‘z chiqishlarida mazkur qonun aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlarining hamda majoritar aksiyadorning jamiyat va boshqa aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab, halol va oqilona ish olib borishiga, ularning mas’uliyatini oshirishga, shuningdek, milliy qonunchilik normalarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisobidan savdoni adolatli qoidalar asosida amalga oshirishga, import va eksport ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Muhokama yakunida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi
O‘zbekiston | 10:52
-
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi
O‘zbekiston | 10:41
-
O‘zbekiston va Britaniyaning iqtisodiy yo‘nalishdagi "aql markazlari" hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 10:25
-
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:03
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:42 / 19.06.2025