O‘zbekiston | 12:54 / 18.06.2025
755
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi

O‘zbekiston elchixonasida Britaniyaning Think Equal tashkiloti asoschisi va direktori Lesli Udvin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuv avvalida Lesli Udvin Think Equal tashkilotining faoliyati va ta’lim dasturlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Uning aytishicha, dasturlar bolalarda empatiya va hissiy savodxonlik, o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va muammolarni oqilona hal etish, kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish va boshqa muhim qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘quv dasturlar 30 haftalik bo‘lib, har haftada 3 marta 30 daqiqalik darslarni o‘z ichiga oladi. Darslar maxsus illyustratsiyalangan kitoblar, qo‘llanmalar va o‘yinlar orqali o‘tkaziladi.

Muzokara yakunida Think Equal bilan O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha alohida uchrashuv tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Think Equal tashkilot 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy-emotsional ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar ayni vaqtda Hindiston, Keniya, Kanada, Avstraliya Janubiy Afrika, Meksika, Singapur, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda maktablarida hamkorlik asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid