Britaniya Rossiya va Eron tahdidlari fonida urushdan xavotirda
Buyuk Britaniyaning yangi milliy xavfsizlik strategiyasida qirollik hududidagi urush ehtimoli haqida aytiladi. London bunday ssenariyga «faol tayyorgarlik ko‘rishga» chaqirmoqda.

Foto: Justin Tallis/AFP/Getty Images
Britaniya hukumati yaqin kelajakda Birlashgan Qirollik hududida ehtimoliy harbiy harakatlarni istisno etmaydi va mamlakatni bunday voqealar rivojiga tayyorlanishga chaqiradi. Bu haqda qonun chiqaruvchilar 24 iyun, seshanba kuni taqdim etgan mamlakatning yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasida aytiladi.
Strategiya mualliflari o‘zlarining ehtiyotkorligini so‘nggi yillarda dunyoda kuzatilayotgan «dramatik o‘zgarishlar» bilan izohladi. Ular orasida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Moskvaning boshqa hududiy ambitsiyalari, gibrid urushlar vositasiga aylangan noqonuniy migratsiya, Yaqin Sharq va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi mojarolar, shuningdek, kiberhujumlarning kuchayishi va internetda «zararli va noqonuniy kontent»ning tarqalishi bor.
Hujjatning «Qarama-qarshilik» deb nomlangan qismida boshqa narsalar qatorida Rossiya va Eron ham tilga olingan. Strategiya mualliflarining ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanishi NATO mamlakatlarida va, xususan, Buyuk Britaniyaning o‘zida kiberhujumlar va qo‘poruvchilik harakatlari bilan birga kuzatilgan. Hujjatda, shuningdek, Kiyevning ittifoqchilarini qo‘rqitish maqsadida Moskva tomonidan «yadroviy ritorika kuchaygani» haqida so‘z boradi. Eronning xatti-harakatlari strategiyada rejim tanqidchilarining ovozini o‘chirish maqsadida «Britaniya hududidagi dushmanlik harakati» sifatida tasvirlangan. Tehron shuningdek, Buyuk Britaniyaga «to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid» qilmoqda, deyiladi strategiya matnida.
«Ko‘p yillar davomida birinchi marta biz Buyuk Britaniya hududining to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid ostida bo‘lishi ehtimoliga faol tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, potensial jihatdan harbiy ssenariyda», deb yozadi hujjat mualliflari. Ular dushmanlar, birinchi navbatda, mamlakatning ta’minot zanjiri va energetikasini nishonga olishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Hujjatda Xitoy ham tilga olinadi — London Pekin Ukrainaga bostirib kirish vaqtida «Putinga harbiy-sanoat kompleksini saqlab qolishda yordam bergani» va o‘zining harbiy modernizatsiyasini amalga oshirayotganini qayd etadi. Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Xitoy bilan munosabatlarida ko‘proq «ishonchlilik va izchillik»ni va’da qilmoqda.
Hujjat mualliflari taklif etayotgan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojarolarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar qatorida aholi bilan «potensial harbiy tajovuzga chidamlilikni o‘rgatish» bo‘yicha keng ko‘lamli ish olib borish, kiberxavfsizlikni yaxshilash va internetda «noqonuniy kontent» tarqalishining oldini olishda biznes va ilmiy doiralar bilan hamkorlik qilish bor. Buyuk Britaniya, shuningdek, turli inqirozli vaziyatlarga — nafaqat harbiy, balki, masalan, pandemiya ssenariysiga ham javob berish uchun boshqa davlatlar bilan qo‘shma mashqlarni kengaytiradi.
Milliy xavfsizlik strategiyasi, shuningdek, Niderlandiyada bo‘lib o‘tayotgan NATOning navbatdagi sammiti arafasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakat 2035 yilga borib mudofaa xarajatlarini YaIMning besh foizigacha oshirishini aytdi. Bunda Buyuk Britaniya alyansning yangilangan tavsiyalarini amalga oshiradi.
Sammit arafasida Starmer, shuningdek, London Vashingtondan yadroviy qurol olib yurishga qodir bo‘lgan kamida 12 ta F-35A qiruvchi samolyotini sotib olish niyatida ekanini ham aytdi. «Radikal noaniqlik davrida biz dunyoni oddiy deb qabul qila olmaymiz. Shuning uchun hukumatimiz milliy xavfsizligimizga sarmoya kiritmoqda», — dedi Britaniya bosh vaziri. Buyuk Britaniya ayni paytda mamlakat qurolli kuchlarining yadro qurolini olib yurishi mumkin bo‘lgan yagona tarmog‘i bo‘lgan suvosti flotini ham modernizatsiya qilmoqda.
Reuters agentligining qayd etishicha, F-35A qiruvchi samolyotlari B61 termoyadro bombalari bilan jihozlanishi mumkin. Ushbu turdagi qurol AQShda mavjud. Taxminlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya o‘zining yadroviy tiyib turish qobiliyatini kengaytirmoqchi bo‘lsa, nafaqat qiruvchi samolyotlar, balki tegishli havo bombalarini ham olishi kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57 / 07.07.2025
Mavzuga oid

21:20 / 07.07.2025
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi

18:21 / 07.07.2025
«Biz turgan joyga 3 ta raketa tushib, 30 askar halok bo‘ldi» – Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik qamaldi

15:04 / 07.07.2025
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

12:50 / 07.07.2025