Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbatdagi hujumlar: har ikki tomonda o‘nlab qurbonlar bor
Harbiy to‘qnashuvlarning uchinchi kuni kechasi Eron Isroilga raketa zarbalari yo‘lladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida kamida 10 nafar inson halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu Eronning juma kunidan beri davom etayotgan Isroil zarbalarga javob tariqasidagi eng yirik hujumi sifatida baholanmoqda.

Foto: EPA
Eng vayronkor zarbalar Isroilning Bat-Yam shahrida qayd etildi — raketa 10 qavatli turar joy binosiga tegib, bir butun seksiya qulagan. 35 kishi vayronalar ostida qolgani xabar qilindi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi BBC Ukraina xizmatiga ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Bat-Yamda halok bo‘lganlar orasida 5 nafar Ukraina fuqarosi bor — shulardan 3 nafari bola.
Hozirda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda. Ukraina diplomatlari Isroil rasmiylari bilan jasadlarni repatriatsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirmoqda.
Shuningdek, Isroil shimolidagi asosan arablar yashaydigan Tamra shahrida xususiy uyga tushgan raketa tufayli bir oilaning 4 ayol a’zosi halok bo‘lgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hujum joyiga borib, Eron ushbu halokat uchun “juda yuqori baho to‘lashini” bildirdi. U hujumni tinch aholi, ayollar va bolalarga qarshi qilingan “qasddan qotillik” deb baholagan.
Eronda 128 kishi halok bo‘ldi
BBCning xabariga ko‘ra, Isroilga berilayotgan javob zarbalari davomida Isroil Eron hududidagi bir qator strategik obektlarga hujum qilgan. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni tushga qadar 128 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 900 nafarga yaqini jarohat olgan.
BMTdagi Eron vakili ikki kun oldin 78 kishi halok bo‘lgani va 320 nafar jarohatlanganini ma’lum qilgan. Eron hukumati vakillarining bildirishicha, so‘nggi uch kunda kamida 30 nafar ayol va bola halok bo‘lgan.
Eron armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlarda kamida 18 nafar Islom inqilobi muhofizlari korpusi a’zosi va 7 nafar yadroviy fizik halok bo‘lgan.
Eronning «Tasnim» agentligi ma’lum qilishicha, yakshanba kuni Tehronga yo‘llangan zarba natijasida Islom inqilobi muhofizlari korpusi razvedka xizmati rahbari general Muhammad Kozimiy, uning o‘rinbosari va yana bir general halok bo‘lgan.
Ushbu ma’lumotni avvalroq Isroil Bosh vaziri Netanyaxu ham Fox News telekanaliga bergan intervyusida tasdiqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiylari Tehrondagi Islom inqilobi muhofizlari korpusi razvedka markaziga zarba bergan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

20:26 / 17.07.2025
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji

14:09 / 17.07.2025
«Biz urushdan qo‘rqmaymiz» – ash-Shar’a Isroil Suriyani beqarorlashtirishga urinayotganini ta’kidladi

09:33 / 17.07.2025