Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi Fordo yadroviy markazi yaqinida zilzila kuzatilgan
Bu hodisa yadroviy obekt bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Erondagi Fordo yadroviy inshooti
Eron Seysmologiya markazi Fordo yadroviy markazi yaqinida magnitudasi 2,5 bo‘lgan zilzilani qayd etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaning episentri yer ostida 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Fordo yadroviy markazi joylashgan koordinatalar bilan zilzila qayd etilgan nuqta o‘rtasidagi masofa taxminan 25 kilometrni tashkil qiladi. Hozircha bu zilzilaning yadroviy obekt bilan bog‘liqligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Isroil ushbu markazga kamida bir marta — 13 iyun kuni — havo hujumi uyushtirgan. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning ma’lum qilishicha, hujumdan obektga shikast yetmagan.
Shu bilan birga, Axios portali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Isroil AQShdan Fordo markazini yo‘q qilish uchun yordam so‘ragan. Agar obekt faoliyatni davom ettirsa, bu Isroilning Eron yadroviy dasturini to‘xtatish bo‘yicha maqsadlariga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Fordo yadroviy markazi Eron tog‘li hududida, yer ostida joylashgan va uranni boyitish ishlari olib boriladigan majmua hisoblanadi. Mutaxassislar bu inshootni yuqori darajada himoyalangan deb baholashadi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

20:26 / 17.07.2025
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji

14:09 / 17.07.2025
«Biz urushdan qo‘rqmaymiz» – ash-Shar’a Isroil Suriyani beqarorlashtirishga urinayotganini ta’kidladi

09:33 / 17.07.2025