Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi
2021 yildan buyon UzAuto Motors kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelgan vengriyalik Yanosh Kovach kompaniya bosh direktori bo‘ldi. O‘tgan yili oxirida shvetsiyalik Bo Andersson bo‘shatilganidan keyin bu lavozimda vaqtincha Odiljon Bastamqulov ishlayotgandi.

Foto: UzAuto Motors
“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq, kompaniya bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi.
U 2021 yildan buyon “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Rasmiy relizga ko‘ra, Vengriyada tug‘ilgan Yanosh Kovach Budapesht texnika universitetining avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.
U General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida tajribaga ega.
Faoliyati davomida sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlari boshqaruvi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors'ni 2021 yil avgustidan 2024 yil oxirigacha shvetsiyalik Bo Andersson boshqardi. Shundan keyin bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib “Avtooyna”ning sobiq rahbari Odiljon Bastamqulov ishlab kelayotgandi.
- Ma’lumot uchun, UzAuto Motors'ning yuqori turuvchi tashkiloti – “O‘zavtosanoat” AJni 2023 yil martidan beri Shavkat Umrzoqov boshqarmoqda.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

21:47 / 28.04.2025